$
 12171.61
-24.39
 14117.85
-23.41
 149.80
-1.94
weather
+26
Кечаси   +14°

“Tatlift” O‘zbekistonda lift ishlab chiqarish zavodini ishga tushirishi mumkin

Liftt

Tataristonning “Tatlift” kompaniyasi O‘zbekistonning Qashqadaryo viloyatida lift ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda.

Muzokara mazmuni

Ma’lumotga ko‘ra, “Tatlift” kompaniyasi vakillari “O‘zeltexsanoat” uyushmasida bo‘lib, uyushma raisi o‘rinbosari Jahongir Jamalov, “Tatlift” korxonasi bosh direktori Gulshat Zagidullina, Qashqadaryo viloyati hokimi o‘rinbosari Alisher Zokirov va boshqa mas’ul shaxslar bilan uchrashgan. Uchrashuvda Tatliftning faoliyati va yangi loyiha bo‘yicha rejalari haqida taqdimot o‘tkazilib, “O‘zeltexsanoat” aksiyadorlik jamiyati vakillari tomonidan O‘zbekistonda elektrotexnika sanoatining rivojlanishi, bu borada yaratilgan imkoniyatlar haqida so‘z yuritilgan. Xabarda tomonlar muzokaralar yakunida loyihani amalga oshirishning keyingi bosqichlarini belgilab, hamkorlikni davom ettirishga kelishib olgani qayd etiladi.

Lift importi muammosi

Ma’lumot uchun O‘zbekistonga chetdan lift olib kirishda tadbirkorlar 2024-yilning 20-martdan boshlab muammoga duch kela boshlashgandi. Gap shundaki, mamlakatga xorijdan lift olib kiruvchi importchilarning tovarlari mart oyining oxirgi 10 kunligidan boshlab bojxonadan o‘tkazilmagan. Tadbirkorlarning ta’kidlashicha, bunga sabab sifatida ularga berilgan muvofiqlik sertifikatlari bekor qilingani ko‘rsatilgan. Ammo qanday sabablarga ko‘ra bekor qilingani haqida mas’ul idoralar izoh bermagan. Texnik jihatdan tartibga solish agentligi saytidagi ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonga lift import qiluvchi 17 ta importyorning muvofiqlik sertifikati 2024-yil 20 martdan keyin birin-ketin vaqtincha to‘xtatilgan.

O‘zbekistondagi har to‘rtinchi lift xavfli

Bundan ikki yil muqaddam Senatning qirq uchinchi yalpi majlisida liftlar bilan bog‘liq holatlar muhokama qilinib, respublika bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazilgan 8 857 ta liftning 2 422 tasi talabga javob bermasligini bildirilgandi. Buning natijasi o‘laroq amalda ham o‘tgan ikki yil davomida lift bilan bog‘liq ko‘plab muammoli vaziyatlar sodir bo‘ldi. Yana ham achinarlisi, ularning bir qanchasi fuqarolar o‘limi bilan yakun topgan.

Теги :
Jamiyat