Dushanba, 19-oktabr, 2026
Havo 93 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +18° kechasi +9°

Yashash sifati reytingi e’lon qilindi: O‘zbekiston nechanchi o‘rinda?

Reyting xavfsizlik, sog‘liq, iqtisodiy barqarorlik, narxlar hamda iqlimga asoslangan holda tuzilgan.

2 daqiqa o‘qiladi

Yashash sifati reytingi e’lon qilindi: O‘zbekiston nechanchi o‘rinda?

World data nashri 2024-yilning birinchi choragi bo‘yicha yashash sifati reytingini e’lon qildi.

133 davlat

World data ushbu reytingga 133 ta davlatni kiritdi. Unga ko‘ra, reyting siyosiy va iqtisodiy barqarorlik, huquqiy tizim va inson huquqlari, sog‘liqni saqlash xizmatlari, xavfsizlik, iqlim, harajatlar va daromatlar hamda mashhurlilik darajasiga qarab tuzilgan.

TOP-3

Reytingga qaraydigan bo‘lsak, birinchi o‘rinni Avstraliya olgan. Unga ko‘ra, Avstraliya umumiy hisobda 100 dan 79 ball olgan. Undan keyingi o‘rinda 78 ball bilan San Marino turibdi. Jadvalga qaraydigan bo‘lsak, ushbu mamlakat xavfsizlik hamda tibbiy xizmat bo‘yicha 100 dan 100 ballni qo‘lga kiritgan. Kuchli uchlikni esa Hon Kong yakunlab berdi. Unga ko‘ra, Hon Kong umumiy hisobda 78 balln I qo‘lga kiritgan. Hon Kongda faqatgina salomatlikda 100 foizlik natija bor.

Reytingda, eng past ball 23 ga teng bo‘ldi va ushbu ballga Sudan mamlakati egalik qilmoqda.

Markaziy Osiyo mamlakalari reytingda

Reytingda Markaziy Osiyo mamlakatlari ichida yuqoriroqda turgani Qozog‘iston bo‘ldi. Qozog‘istonning o‘rniga qaraydigan bo‘lsak, mamlakat 55 ball bilan reytingda 64-o‘rinni egallagan. Sharqiy qo‘shnimiz Qirg‘iziston esa jadvalda o‘ziga 93-o‘rinni band qilib qo‘ygan. Ushbu mamlakat huquqiy tizm va inson huquqlari bo‘yicha qolganlariga qaraganda eng past 22 ballni qo‘lga kiritib, umumiy hisobda 47 ball olgan. Shuningdek, Tojikiston ushbu reytingda TOP-100 ga ham kira olmagan. Jadvaldagi o‘rni esa 115. Hamma kategoriyalar bo‘yicha 30 dan yuqori ball to‘plagan mamlakatning muammosi inson huquqlari bo‘lgan. Unga ko‘ra, mamlakat inson huquqlari bo‘yicha 9 ball, umumiy hisobda 41 ballga ega.

O‘zbekiston reytingda

World data reytingida O‘zbekiston umumiy hisobda 51 ball bilan 77-o‘ringga loyiq ko‘rilgan. Unga ko‘ra, mamlakatimiz deyarli barcha kategoriyalar bo‘yicha 50 dan yuqori ball olgan, faqatgina inson huquqlarida 25 ball. Aynan yashash sifati bo‘yicha Numbeo nashri tuzgan reytingda esa O‘zbekiston o‘rin olomagan. Ma’lumot uchun Numbeo tuzgan reytingga 85 ta mamlakat kiritilgan.

World data’da O‘zbekistonga berilgan ballar:

Siyosiy va iqtisodiy barqarorlik – 51 ball;

Inson huquqlari – 25 ball;

Sog‘liqni saqlash xizmatlari – 57 ball;

Xavfsizlik – 81 ball;

Iqlim – 52 ball;

Harajat va daromad – 65 ball;

Mashhurlik – 38 ball.