Eng ko'p qiziqilgan qonun hujjatlari
Lex.uz saytida 2024-yilda odamlar tomonidan eng ko'p qiziqilgan va o'z kuchini yo'qotgan qonun hujjatlari ro'yxati e'lon qilindi.
1 daqiqa o‘qiladi

Lex.uz saytida 2024-yilda odamlar tomonidan eng ko'p qiziqilgan va o'z kuchini yo'qotgan qonun hujjatlari ro'yxati e'lon qilindi.
2024-yilda o'z kuchini yo'qotgan huquqiy hujjatlar
Shu yil davomida 55 ta normativ-huquqiy hujjat o'z kuchini yo'qotdi. Bularni 1 ta qonun, 6 ta prezident farmoni, 2 ta prezident qarori, 16 ta Vazirlar Mahkamasining qarorlari, 30 ta idoraviy normativ-huquqiy hujjatlari tashkil etgan.
2024-yil choragida eng ko'p ko'rilgan 5 hujjat
Lex.uz sayti orqali 2024-yilning birinchi choragida eng ko'rilgan hujjatlar reytengida 326 445 marta ko'rilish bilan O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi birinchi o'rinni egallagan.
Keyingi o'rinlarda:
2. O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi;
3. O'zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksi;
4. O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi;
5. O'zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi joy olgan.
Lex saytida hujjatlarning kunlik va oylik ko'rilish soni
Ushbu saytda bir kunda hujjatlar ko'rilish soni 380-390 ming marta bo'lsa, bir oyda 8 million 176 ming 725 martani tashkil etgan.
Saytga tashrif buyuruvchilar soni bo'yicha esa Rossiya 176 383, AQSH 14 037, Fransiyada 6 319 nafar bilan 3-o'rinni band etgan.



