$
 12142.10
-52.11
 14079.98
95.66
 150.53
0.56
weather
+26
Кечаси   +14°

Yevropada to‘p tepayotgan o‘zbeklar

Top-5

Bugungi kunda 18 nafar o‘zbekistonlik futbolchi Yevropa maydonlarida harakatlanmoqda. Ikki nafar futbolchimiz TOP-5 liga a’zolarida faoliyat yuritmoqda.

Eldor Shomurodov

Eldor Shomurodov — Shomurodovning professional karerasi "Mash’al" klubida boshlangan, keyinchalik "Bunyodkor"da o‘ynagan. 2017-yilda u Rossiyaning "Rostov" klubiga ko‘chib o‘tdi va u yerda o‘zining to‘purarlik salohiyatini ko‘rsata boshladi. Xuddi shu davrda Eldor Yevropa klublarining diqqatini tortdi. 2020-yilda Eldor Shomurodov Italiyaning "Jenoa" klubiga o‘tdi va shu orqali Yevropaning kuchli ligalaridagi ilk qadamlarini qo‘ydi. Keyinchalik, 2021-yilda u "Roma" klubiga ko‘chib o‘tdi, Joze Mourino qo‘l ostida o‘ynab, u yerda ham o‘zini ko‘rsata oldi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida debyut o‘yinini 2015-yil 3-sentyabrda, Yamanga qarshi JCH-2018 saralash o‘yinida o‘tkazgan. Shomurodov tezda jamoaning yetakchi hujumchisiga aylanib, jamoadagi asosiy figuralardan biriga aylandi. Eldor Shomurodov 2019-yilgi Osiyo Kubogida O‘zbekiston terma jamoasining yetakchilaridan biri bo‘lib, 4 ta gol urgan. Shomurodov milliy jamoada nafaqat to‘purar sifatida, balki o‘yinni qurish, partnyorlariga imkoniyat yaratish va jamoaviy o‘yinda ishtirok etish qobiliyati bilan ham ajralib turadi.

Abduqodir Husanov

Abduqodir Husanov — O‘zbekistonlik markaziy himoya vakili o‘zining ajoyib o‘yinlari bilan yoshlikdan e’tibor markazida bo‘lib kelgan. Belarusdagi “Energetik-BGU” Minsk klubidagi o‘yinlari sabab 2023-yil yozida “RK Lans” uni atigi 100 000 yevro evaziga transfer qildi. “Liga 1”dagi dastlabki o‘yinlari ehtiyotkor o‘tgan bo‘lsa-da, u tez orada asosiy tarkibdagi muhim o‘ringa ega bo‘ldi. Ilk mavsumidayoq 15 ta o‘yinda maydonda harakatlana oldi. Futbolchimiz “RK Lans”ning himoya markazidagi Kevin Dansoning vorisi sifatida ko‘rilyapti. 1,86 metr bo‘yi va 84 kilogramm vazni bilan u nafaqat duellarda ishonchli, balki hujumchilarga qarshi tezkorligi bilan ham ajralib turadi. 7-oktyabr kuni Transfermarkt portali Fransiya chempionatida to‘p tepayotgan futbolchilarning transfer narxini yangilagandi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasi va “Lans” klubi himoyachisi Abduqodir Husanovning narxi ikki baravarga oshdi va 5 million yevroga yetgan. Bunga qadar Husanovning narxi 2,5 million edi. Abduqodir o‘zbekistonlik futbolchilar orasida narx bo‘yicha ikkinchi o‘ringa chiqib oldi. Ayni paytda eng qimmat o‘zbekistonlik futbolchi Abbos Fayzullayev hisoblanadi - 6 million. Husanov esa Eldor Shomurodov bilan birga ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Husniddin Aliqulov

Husniddin Aliqulov — Turkiyaning "Rizaspor" klubi O‘zbekiston milliy jamoasining 25 yoshli himoyachisi bilan "3+1" shaklida shartnoma imzolangan. U 2026 yilga qadar turk klubida faoliyat yuritadi va kelishuvni yana bir yilga uzaytirishi mumkin bo‘ladi. O‘zbekistonlik himoyachi yangi klubida legioner emas, mahalliy futbolchi maqomida bo‘ladi. Gap shundaki, Turkiya futbol federatsiyasi qaroriga ko‘ra, Turkiy tilli davlatlar kengashiga a’zo mamlakat o‘yinchilari Turkiyada legioner hisoblanmaydi.

O‘zbek legionerlari

Yevropa maydonlarida to‘p tepib kelayotgan o‘zbekistonlik futbolchilarning ro‘yxati quyidagicha:

  • Aziz Turg‘unboyev - "Sivasspor"
  • Abbosbek Fayzullayev - "SSKA"
  • Umarali Rahmonaliyev - "Rubin"
  • Rustam Ashurmatov - "Rubin"
  • Sherzod Esonov - "Akron"
  • Alisher Odilov -"Ximki"
  • Jasur Jaloliddinov - "Sumqayit"
  • Ibrohimhalil Yo‘ldoshev - "Qayrat"
  • Shahboz Umarov - "Ordabasi"
  • Jasur Yaxshiboyev - "Ordabasi"
  • Shoxnazar Norbekov - "Qaysar"
  • Javohir O‘tamurodov - "Vitebsk"
  • Amirbek Baqayev - "Energetik-BGU"
  • Asad Mirzajonov - "Slonim"
  • Amirbek Saidov - "Jedinstvo"
Теги :
Jamiyat