$
 12803.06
26.0
 13902.84
-17.77
 131.84
0.4
weather
+26
Кечаси   +14°

200 dan ortiq lizing kompaniyalari ustidan shikoyat: Iste'molchilar nimadan norozi?

lizing

Joriy yilning yanvaridan–sentabriga qadar 200 dan ortiq kishi Raqobat qo‘mitasiga lizing kompaniyalari haqida shikoyat bilan murojaat qilgan. Bu haqda qo‘mita rasmiy munosabat bildirdi.

Avtomobil va'da qilingan muddatda berilmagan

Qayd etilishicha, iste’molchilar kompaniyalarga birinchi to‘lov uchun pul o‘tkazgan, ammo va’da qilingan muddatda avtomobillarni olmagan. Lizing kompaniyalari esa kechikish sabablarini turli tashqi omillar bilan izohlagan, mijozning sabri tugagach esa pulni qaytarishdan bosh tortgan.

80 foiz murojaat ikkita kompaniyaga tegishli 

Ushbu murojaatlarning 80 foizi Umid Avto Lizing hamda Business OrientAuto kompaniyalari hissasiga to‘g‘ri keladi. Mazkur murojaatlar doirasida tekshiruv ishlari amalga oshirilgan hamda murojaatchilarga 1 milliard so‘mlik mablag‘ qaytarilgan.

Bundan oldin 11 ta kompaniyaga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan

Raqobat qo‘mitasi ma’lum qilishicha, avvalroq shunga o‘xshash 11 ta kompaniya rahbarlariga firibgarlik bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

O‘tgan yili davomida avtomobillar uchun oldindan to‘lovlarni amalga oshirgan, biroq belgilangan muddatda avtomobil yetkazib berilmagan yoki to‘langan pullar qaytarib berilmayotganligi holati bo‘yicha 2000 ga yaqin murojaatlar kelib tushgan.

Korxonalardagi vaziyat

Mazkur korxonalar iste’molchilarning pul mablag‘larini qisqa muddatda yangi avtomobil olib berish va’dasi bilan jalb qilib, o‘z majburiyatlarini boshqa iste’molchilardan jalb qilingan mablag‘lar evaziga qoplash va iste’molchilardan olingan pullarni qaytarishni bir yildan ortiq muddatga kechiktirish (ushlab turish) kabi holatlarga yo‘l qo‘ymoqda.