$
 12228.58
20.5
 14282.98
166.78
 155.96
0.96
weather
+26
Кечаси   +14°

Joriy yilgi paxta mavsumida majburiy mehnatga jalb qilishga oid jami 283 ta murojaatlar kelib tushdi

Majburiy mehnat

Bugungi kunga qadar vazirlikning ishonch telefoni hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali majburiy mehnat va mehnat huquqlari buzilishiga oid jami 283 ta murojaatlar kelib tushdi. Bu haqida AOKAda Paxta yig‘im-terimi davrida mehnat sharoitlari yaratilishi va majburiy mehnatning oldini olish mavzusida bo‘lib o‘tgan brifingda Davlat mehnat inspeksiyasi boshlig‘i Abdusamad Abdukarimov aytib o‘tdi.

Majburiy mehnatga jalb qilishga oid murojaatlar asosan paxta yig‘im-terimi bilan bog‘liq

Paxta yig‘im-terim mavsumida kelib tushadigan murojaatlarning tezkorlik bilan ko‘rib chiqish hamda majburiy mehnatni bartaraf etish maqsadida vazirlikning “1282” raqamli Ishonch telefoni hamda “Munosibmehnat.uz” telegram bot messenjeri fuqarolarning mehnat masalalariga oid murojaatlari qabul qilinmoqda.

Bugungi kunga qadar vazirlikning ishonch telefoni hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali majburiy mehnat va mehnat huquqlari buzilishiga oid jami 283 ta (300 ga yaqin) murojaatlar kelib tushdi. Shundan 26 tasi majburiy mehnatga jalb qilinganlik, 27 tasi munosib mehnat sharoitlari yaratilmaganligi, 219 tasi terim pullari o‘z vaqtida berilmayotganligi va 1 kg qo‘lda teriladigan paxtaning narxi to‘g‘risidagi murojaatlardir.

Murojaatlarning 37 tasi qanoatlantirilgan

Hududlarda tashkil etilgan ishchi guruhlar tomonidan kelib tushgan murojaatlar yuzasidan davlat mehnat inspeksiyasi xodimlaridan tashkil etilgan ishchi guruhlar tomonidan o‘rganishlar o‘tkazildi. Shuningdek, mavsum davomida 350 nafardan ortiq mehnat inspektorlarining barchasi majburiy mehnatga yo‘l qo‘ymaslik hamda mehnat sharoitlarini yaratilishi yuzasidan 22 mingta tashkilot, fermer xo‘jaliklari va dalalarda monitoringlar o‘tkazishdi. O‘rganishlar davomida 37 ta murojaatlar qanoatlantirildi. 200 ga yaqin murojaatlar bo‘yicha terimchilar va ish beruvchilarga tushuntirishlar berildi, 35 ta murojaatdagi vajlar o‘z tasdig‘ini topmadi.

Davlat mehnat inspeksiyasi xodimlari tomonidan o‘rganish natijalaridan kelib chiqib, 13 ta fermer xo‘jaliklari rahbarlariga yozma ko‘rsatma, 5 nafar mansabdor shaxsga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.