Dushanba, 19-oktabr, 2026
Havo 93 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +17° kechasi +9°

Talon-toroj qilingan kutubxona

Ko‘zi ojizlar uchun mo‘ljallangan kutubxona mablag‘lari kimlarningdir cho‘ntagiga yo‘nalib ketgan.

1 daqiqa o‘qiladi

Talon-toroj qilingan kutubxona

Ko‘zi ojizlar uchun mo‘ljallangan kutubxona mablag‘lari kimlarningdir cho‘ntagiga yo‘nalib ketgan. 

Tekshiruv guruhi uchun "syurpriz"

Bosh prokuror o‘rinbosari boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Qoraqalpog‘istonda nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy himoya qilish va ularning ta’lim olishi uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganilayotgan edi. 

Guruh Nukusda joylashgan, ko‘zi ojizlar uchun mo‘ljallangan kutubxona bilan tanishib chiqayotgan paytda ularning oldidan "ajoyib syurpriz" chiqib qoldi.

Ajratilgan pullarning 500 milliondan ko‘p qismi o‘g‘irlangan

Aniqlanishicha, ushbu kutubxonani yangidan qurish va jihozlash uchun ajratilgan 10,4 milliard pullardan 530 million 432 ming 175 so‘mlik ishlar haqiqatda bajarilmagan bo‘lsa ham, hisobotga kiritilib ketilgan va budjet pullari talon-toroj qilinganligi ma’lum bo‘ldi.

Bundan tashqari, kutubxonani jihozlash uchun ajratilgan ikkita Brayl printeri va bitta ovoz yozish studiyasi kutubxona binosiga emas, to‘g‘ri kimlarningdir oshqozoniga kirib ketgan.

Nogironlar haqqi

Bu buyumlar talab ketilganligi oqibatida esa, ko‘rish qobiliyati cheklangan yoki nuqsoni bor bo‘lgan shaxslarni Qoraqalpoq tilida zarur adabiyotlar va audio materiallar bilan ta’minlashning imkoni cheklanib qoldi. 

Jinoyat ishi

Holat yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qism A bandi va 209-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov ishlari olib borilmoqda.