$
 12803.06
26.0
 13902.84
-17.77
 131.84
0.4
weather
+26
Кечаси   +14°

2030-yilda YaIM 200 milliard dollarga yetishi kutilmoqda

YaIM

Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida joriy yilda iqtisodiyotda kutilayotgan natijalar va 2025-yil uchun mo‘ljallangan asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar muhokamasi yuzasidan yig‘ilishida Iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Norqulovning ma’lum qilishicha, O‘zbekiston YaIM hajmini 2030-yilga borib 160 mlrd. dollarga yetkazish bo‘yicha dastlabki prognozlar yaxshilandi. Endi yangi maqsad YaIMni 200 mlrd. dollarga yetkazishdir, shunda jon boshiga YaIM 5 000 dollarni tashkil etishi kutilmoqda.

2024-yil yakunlari bo‘yicha YaIMga doir prognoz

Norqulov, shuningdek, 2025-yilda inflyatsiya 7 % dan oshmasligi, 2026-yilda 5-6% darajasida saqlanishi va 2027-yildan boshlab 5% va undan past bo‘lishi bo‘yicha vazifalar qo‘yilganini ma’lum qilgan.

Ma’lumot uchun, Markaziy bank mo‘ljallariga ko‘ra, inflyatsiya bo‘yicha 5%lik target 2025-yilning ikkinchi yarmiga ko‘chirilgan edi.

Suveren reyting investitsion darajaga olib chiqiladi

Yig‘ilishda yana bir muhim masala — O‘zbekistonning suveren reytingini yaxshilash va investitsion darajaga olib chiqish masalasi muhokama qilindi. Hozirda O‘zbekiston suveren reytingi Ba3 (Moody’s) va BB- (S&P va Fitch) darajasida. Investitsion reyting toifasiga kirish uchun bu reytinglarni kamida uch pog‘ona yuqorilash kerak.

Asosiy soliqlar bo‘yicha stavkalar o‘zgaradimi?

Yig‘ilishda iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolish, byudjetni maqbullashtirish va samaradorligini oshirish masalalari ham ko‘tarildi, bu kelgusi yillarda moliyaviy barqarorlikni ta’minlash va investitsiyalarni jalb qilishga xizmat qiladi.

Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari Ahadbek Haydarovga ko‘ra, kelasi yilda qator soliqlar, xususan QQS va foyda solig‘i bo‘yicha stavkalar o‘zgarishsiz qoladi. Xarajatlarni maqbullashtirish va samaradorligini oshirishga urg‘u beriladi. Byudjet defitsiti 2024 yilda tasdiqlangan 4% atrofida saqlanadi, 2025 yil va keyingi yillarda 3%gacha pasaytiriladi. Reyting shkalalari bo‘yicha investitsion toifa Baa3 (Moody’s) va BBB- (S&P va Fitch) darajasidan boshlanadi. Ya’ni suveren reytingni investitsion toifagacha yaxshilash uchun kamida uch marta yuqoriga sakrash kerak bo‘ladi.