$
 12778.00
-9.03
 14012.35
-36.76
 131.58
-1.47
weather
+26
Кечаси   +14°

Endilikda kuryerlar ham soliqqa tortiladimi?

Kuryer

Bugun bo‘lib o‘tayotgan “Debat Xoll” media markazida “Men tadbirkorman” mavzusidagi sessiya majlisida kuryerlar ham soliqqa tortilishi mumkinligi haqidagi masala muhokama qilindi.

Aholini rasmiy ish bilan ta’minlash muhim masala

Brifingda ma’lum qilinishicha, aholini tadbirkorlik faoliyatiga yanada keng jalb qilish va qonuniy mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun qo‘shimcha shart-sharoitlarni yaratish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Maqsad hamma daromad olayotganlardan soliq olish emas, birinchi o‘rinda aholini rasmiy ish bilan ta’minlab, daromad manbayiga ega qilish. Ta’kidlanishicha, ayrim faoliyat turlari bilan o‘zini o‘zi band qilgan fuqaro bo‘lib ro‘yxatdan o‘tgan holda shug‘ullanish mumkin. Kuryerlar ham o‘zini o‘zi band qilgan fuqaro sifatida daromadi 100 mln. so‘mdan oshgan taqdirda soliq to‘lashi mumkinligi qayd etildi.

100 mln. so‘mdan oshiq daromad qilganlar soliq to‘laydi

O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning mehnat faoliyati natijasida olingan, biroq soliq davri davomida yuz million so‘mdan oshmaydigan daromadlari jismoniy shaxslar jami daromadlari tarkibiga kiritilmaydi. Bunda soliq davrida yuz million so‘mdan oshgan daromadlar yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun belgilangan tartib asosida soliqqa tortiladi.