$
 12875.06
13.23
 13406.80
-90.4
 124.75
-0.72
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekistonda kurashni rivojlantirish bo‘yicha ilk bor ilmiy-tadqiqot loyihalar amalga oshiriladi

kurash

O‘zbekistonda kurashni rivojlantirish va ommalashtirish yangi bosqichga olib chiqiladi. Bu haqda “Kurash milliy sport turini rivojlantirish va ommalashtirishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-450-son, 20.12.2024 y.) qabul qilindi

Xalqaro kurash institutining yangi vazifalari

Qarorga ko‘ra, Xalqaro kurash institutining kurash milliy sport turini rivojlantirish va ommalashtirish bo‘yicha faoliyati yanada kengaytiriladi hamda unga quyidagi qo‘shimcha vazifalar yuklanadi:

kurash bo‘yicha xalqaro darajadagi malakali trenerlar va hakamlarni tayyorlashni yo‘lga qo‘yish, ularni qayta tayyorlash va malakasini oshirib borish tizimini joriy etish;

kurash bo‘yicha ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirib borish, shuningdek, zarur o‘quv-uslubiy va ilmiy-amaliy qo‘llanmalarni ishlab chiqishni tashkil qilish;

kurashning yangi yo‘nalishlarini joriy qilishda ishtirok etish, ularni ommalashtirish choralarini ko‘rish ko‘zda tutilmoqda.

Kurashni rivojlantirishga mahalliy yirik tadbirkorlar jalb qilinadi

Shuningdek, kurash trenerlari va hakamlarini xorijiy davlatlarga “eksport” qilishni yo‘lga qo‘yiladi.

Kurashni ommalashtirish, rivojlantirish va dunyoga tanitish hamda ushbu milliy sport turini umumjahon miqyosidagi sport turiga aylantirish bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirib boriladi. Xorijdagi diplomatik vakolatxonalar zimmasiga Kurash xalqaro assosiatsiyasi va Xalqaro kurash institutining kurashni xalqaro miqyosda rivojlantirish va ommalashtirish bo‘yicha faoliyatiga ko‘maklashish vazifasi yuklandi.

Mahalliy yirik tadbirkorlarni Kurash xalqaro assosiatsiyasiga rasmiy homiy sifatida jalb qilib borish yo‘lga qo‘yiladi.

Теги :
Jamiyat