Dushanba, 26-oktabr, 2026
Havo 88 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +7° kechasi +6°

Bir kunda kamida bir marta kulish majburiy bo‘lgan qonun qabul qilindi

Bu qonun mamlakat bo‘ylab keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Jamoat faollaridan biri kulish yoki kulmaslik insonning shaxsiy huquqi ekanligini ta’kidladi.

2 daqiqa o‘qiladi

Bir kunda kamida bir marta kulish majburiy bo‘lgan qonun qabul qilindi

Yaponiyaning "The Asahi Shimbun" gazetasining ma’lum qilishicha, Yamagata prefekturasida aholini jismoniy va ruhiy salomatligini yaxshilash uchun kuniga kamida bir marta kulishga undaydigan qonun qabul qilingan.

G‘alati "qonun"

Nashrda qonun Yamagata universiteti tadqiqotiga asosida ishlab chiqilgani qayd etiladi. Mutaxassislarga ko‘ra, kulgi salomatlik va uzoq umr ko‘rishga yordam beradi. Qonun faqat kuniga bir marta kulish normasini o‘z ichiga olmagan. Unda har oyning sakkizinchi kunini aholining kulgi orqali sog‘lig‘iga e’tibor qaratish kuni sifatida belgilash ham nazarda tutilgan. Yamagata universitetining tibbiyot fakulteti tomonidan olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, tez-tez kuladigan odamlarda o‘lim va yurak-qon tomir kasalliklari xavfi kamroq kuzatiladi. "Kulgi, shuningdek, hayotdan zavqlanish, ijobiy psixologik munosabat, ishonch va ochiqlik darajasini oshirish bilan bog‘liq", deyiladi tadqiqotda.

Majburiy "odat"

Tabiiyki, ushbu qonun mamlakat bo‘ylab keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Xususan, Yaponiya Kommunistik partiyasi vakili Toru Seki kulish yoki kulmaslik insonning shaxsiy huquqi ekanligini ta’kidlaydi. Yaponiya Konstitutsiyaviy demokratik partiyasidan Satoru Ishiguro ham shunday nuqtayi nazarni tasdiqlab, kula olmaydiganlarni yoki kulish uchun sababi yo‘qlarni hurmat qilish zarurligini qayd etdi. Qonun tarafdorlari, jumladan, Liberal-demokratik partiya a’zolari, qonun hech kimni kulishga majburlamasligini va shaxsiy tanlov hurmat qilinishini bildirmoqda. Qayd etilishicha, ushbu hujjat bo‘yicha kulmaganlar hech qanday javobgarlikka tortilmaydi. Shunga qaramay ayrimlar qonunga bo‘lgan hurmat yuzasidan bu majburiy "odat"ga aylanishidan xavotirda.