Dushanba, 19-oktabr, 2026
Havo 95 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +16° kechasi +9°

Kriptovalyutalar bilan muomala shar'an joiz emas

Musulmonlar idorasi kriptovalyuta savdo-sotig‘i bo‘yicha dinning munosabati bo‘yicha fatvo chiqardi

2 daqiqa o‘qiladi

Kriptovalyutalar bilan muomala shar'an joiz emas

 Kriptovalyutalar bilan muomala shar'an joiz emas 

Musulmonlar idorasi kriptovalyuta savdo-sotig‘i bo‘yicha dinning munosabati bo‘yicha fatvo chiqardi

“Kriptovalyuta savdosi joiz emas”

Islom dinida bitkoin, notkoin kabi kriptovalyutalarda savdo qilish halolmi degan savolga, O‘zbekiston Musulmonlar idorasi fatvo Telegram kanalida yo‘q deya javob berdi (https://t.me/diniysavollar/8505). “Chunki ushbu kriptovalyutalarda shariat tomonidan pulga qo‘yilgan talablar topilmaydi. Qolaversa, ularni biror davlat ishlab chiqarmagani yoki rasman tan olmagani, narxining keskin o‘zgaruvchanligi hamda unda qimor alomatlari borligi u bilan muomala qilish harom ekaniga asos bo‘ladi”, - deya izohlanadi javobda.

Pul bo‘la olmaslik sabablari

Kriptavalyuta ushbu sabablarga ko‘ra pul o‘rnini bosa olmasligi xabarda keltirilgan:

Kriptovalyutalarda pul bo‘lish talablari topilmaydi;

Pul chiqarish davlatning haqqidir;

Pulni hamma qabul qilgan, uni ishlatishga hammaning imkoniyati bo‘lishi kerak;

Ularning natijasi noma’lumligi;

Qiymatining keskin tushib-ko‘tarilib turishi;

Kriptovalyutalar savdosida firibgarlik ehtimoli kattaligi.

Raqamli pullar haqiqiy pul o‘rnida qo‘yilsagina halol bo‘ladi

“Shuni ham ta’kidlash joizki, hozirda faqat elektron ko‘rinishda mavjud bo‘lgan “raqamli pul”lar vaqt o‘tishi bilan shariatimizga muvofiq tovar va pulga qo‘yilgan shartlarga to‘liq javob bera olsa, shundagina ulardan foydalanishning hukmi ham o‘zgarishi mumkin”, - deydi idora. Bu esa faqatgina ushbu turdagi valyutalar haqiqiy pul o‘rnida ishlatilishni boshlanganida halol maqomini olishini anglatadi.

Ko‘plab musulmon mamlakatlar harom deb e’lon qilgan

O‘zbekiston Musulmonlar idorasi ushbu valyutani harom deb e’lon qilganlarning birinchisi emas, xalqaro siyosatda bu avval ham bo‘lgan. Xususan, Dunyo musulmon ulamolari birlashmasi, Saudiya Arabistoni kibor ulamolari hay’ati, Misr Arab Respublikasi “Dorul ifto” fatvo markazi, Iordaniya fatvo idorasi, Turkiya diyonat ishlari boshqarmasi fatvo markazi, Liviya fatvo uyi va Falastin fatvo markazi ham kriptovalyutani harom deb e’lon qilishgan.