$
 12228.58
20.5
 14282.98
166.78
 155.96
0.96
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbek kriptobozorida yangilik

Kriptovalyuta

O‘zbekiston Istiqbolli loyihalar milliy agentligining 5-martdagi qarori bilan kriptobirjalar yig‘imlarini 1,8 baravardan ortiqqa, ya’ni 400 BHM dan 740 BHM gacha, kriptodo‘konlar yig‘imlarini esa 20 BHM dan 185 BHM gacha, 9 baravardan ortiqqa oshirildi.

Budjet tushumini 2 baravarga oshiradi

ILMA matbuot xizmatining xabar qilishicha, kriptoaktivlar aylanmasi sohasidagi xizmat ko‘rsatuvchi provayderlar, xususan, kriptobirjalar va kriptodo‘konlar faoliyati tahlili ularning yetarli darajada rentabelligini ko‘rsatdi.

Shuningdek, o‘zgartirishlar davlat budjetiga tushumlarni kamida 2 barobar oshirish imkonini berib, shu bilan birga, xizmat ko‘rsatuvchi provayderlarning moliyaviy holatiga jiddiy salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi.

O‘zgartirishlar uch oy o‘tgach, ya’ni iyun oyining boshidan kuchga kiradi.

ILMA qanday tashkilot?

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Istiqbolli loyihalar milliy agentligi kriptobirjalar, mayning pul, kriptodepozitariylar va kriptodo‘konlar faoliyatini litsenziyalovchi organ hisoblanadi.

11-fevral kuni saytda O‘zbekistondagi mayning faoliyatiga bag‘ishlangan maqola joylangan edi. Shundan 1 hafta o‘tib, 19-fevral kuni ILMA mayning jarayonini ta’minlash maqsadida hisoblash quvvatlarini birlashtiruvchi elektron platformani taqdim etuvchi tashkilot — mayning-pul faoliyati qoidalarini tasdiqladi. Ushbu qonun esa O‘zbekistonda kriptoaktivlar muomalasi sohasidagi qonunchilik bazasini shakllantirish yakunladi.

Теги :
Jamiyat