$
 12014.48
-39.55
 13858.70
-73.35
 166.61
-0.44
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekistonda ilk milliy kredit karta ishga tushirilmoqda

MKBANK mamlakat banklari orasida birinchi bo‘lib UZCARD tizimidagi milliy kredit kartani joriy etmoqda.

Kredit karta nima?

Kredit karta — bu bank tomonidan ajratilgan mablag‘dan foydalanish imkonini beruvchi to‘lov kartasi. Uning yordamida foydalanuvchi o‘z hisobida mablag‘ bo‘lmasa ham xaridlarni amalga oshirishi va keyinchalik sarflangan summani bankka qaytarishi mumkin.

Qulayliklar

Bank ma’lumotiga ko‘ra, yangi kredit karta qayta tiklanadigan kredit limiti, qulay to‘lov imkoniyatlari va raqamli boshqaruv funksiyalarini taqdim etadi. Kartani Mavrid ilovasi orqali boshqarish mumkin bo‘ladi.

Milliy kredit kartani 25-iyundan boshlab MKBANKning barcha ofislarida rasmiylashtirish mumkin bo‘ladi.

Reklama huquqlari asosida