$
 12676.73
70.0
 14874.87
25.4
 161.03
1.17
weather
+26
Кечаси   +14°
textileads

Kredit foizlari yana oshishi kutilmoqda

Kredit

Endilikda ipoteka hamda avtokreditlarning tavakkalchilik darajalarini hisoblashda kredit summasini garov summasiga nisbati bilan birgalikda jismoniy shaxslarning qarz yuki inobatga olinishi mumkin.

Yangi me’yorlar 

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining "Tijorat banklari kapitalining monandligiga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi" nizomni tasdiqlash haqidagi qaroriga ko‘ra, 2024-yil 1-iyuldan boshlab jismoniy shaxslarga ajratiladigan ipoteka kreditlari hamda avtokreditlarning tavakkalchilik darajalari yangi me’yorlar asosida hisoblanadi.

Qarz yuki

Endilikda mazkur kreditlarning tavakkalchilik darajalarini hisoblashda kredit summasini garov summasiga nisbati bilan birgalikda jismoniy shaxslarning qarz yuki inobatga olinadi. Jismoniy shaxslarning qarz yuki ko‘rsatkichi 60% dan yuqori bo‘lsa yoki uni aniqlash imkoni bo‘lmasa, tavakkalchilik darajasi ham yuqori hisoblanadi. Mazkur o‘zgarishlar ayrim tijorat banklarining ushbu kreditlar bo‘yicha tariflarni qayta ko‘rib chiqishiga olib kelishi mumkin.