$
 12927.17
36.74
 14717.58
-3.29
 155.73
-0.31
weather
+26
Кечаси   +14°
textileads

Yanvar oyida qaysi bank eng ko‘p ipoteka krediti ajratdi?

kredit

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2025-yilning yanvar oyida ajratilgan ipoteka kreditlari bo‘yicha hududlar va banklar kesimidagi ma’lumotlarni e‘lon qildi. Unga ko‘ra, uy-joy sotib olish uchun jami 5 877 ta ipoteka krediti ajratilib, ularning umumiy qiymati 1 754,7 milliard so‘mni tashkil etdi

Uy-joy sotib olishda yetakchi hududlar va ortda qolganlar 

Ipoteka kreditlari bo‘yicha eng faol hudud Toshkent shahri bo‘ldi. Yanvar oyida bu yerda 1 282 ta ipoteka krediti ajratilib, ularning umumiy summasi 509 milliard so‘mga teng bo‘ldi. Bu respublika bo‘yicha ajratilgan barcha kreditlarning 29 foizini tashkil etadi. 

Andijon viloyati 488 ta kredit va 147,9 milliard so‘m bilan ikkinchi o‘rinni egalladi. Samarqand viloyati esa 449 ta kredit va 136,7 milliard so‘m ko‘rsatkich bilan uchinchi o‘rinda qayd etildi. 

Eng kam ipoteka kreditlari ajratilgan hudud esa Sirdaryo viloyati bo‘ldi. Bu yerda atigi 97 ta kredit ajratilib, umumiy qiymati 25,3 milliard so‘mni tashkil etdi. Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi (235 ta kredit, 50,1 milliard so‘m) va Buxoro viloyati (218 ta kredit, 59,4 milliard so‘m) ham eng past ko‘rsatkichlarga ega bo‘ldi. 

Banklar o‘rtasidagi raqobat 

Ipoteka kreditlarini ajratishda O‘zmilliybank boshqalardan sezilarli darajada ilgari yurdi. Bank tomonidan 1 173 ta kredit ajratilib, ularning umumiy qiymati 387,1 milliard so‘mni tashkil etdi. Bu respublika bo‘yicha jami kreditlarning 22,1 foiziga teng. 

Ikkinchi o‘rinni Ipotekabank egalladi. Bu bank tomonidan 1 057 ta kredit ajratilib, umumiy summasi 302,1 milliard so‘mni tashkil etdi (17,2%). Uchinchi pog‘onada esa Sanoat Qurilish Banki joylashdi. Bank tomonidan 562 ta kredit ajratilib, 192 milliard so‘m berildi (10,9%). 

Eng kam ipoteka kreditlari ajratgan banklar esa Asakabank (67 ta kredit, 20,1 milliard so‘m), Turonbank (87 ta kredit, 26,5 milliard so‘m) va MKBANK (129 ta kredit, 33,8 milliard so‘m) bo‘ldi. 

Birinchi va ikkilamchi bozor bo‘yicha farqlar 

Ajratilgan ipoteka kreditlarining asosiy qismi birinchi bozorda amalga oshirildi. 4 841 ta kredit birlamchi uy-joylar uchun ajratilib, umumiy qiymati 1 424,6 milliard so‘mni tashkil etdi. Ikkilamchi bozorda esa 1 036 ta kredit ajratilib, ularning qiymati 330,1 milliard so‘mni tashkil etdi. 

Byudjet mablag‘lari hisobidan jami 4 600 ta ipoteka krediti ajratilib, ularning umumiy qiymati 1 326,7 milliard so‘mga yetdi.

Теги :
Jamiyat