$
 12039.61
54.51
 13992.43
69.34
 149.17
0.31
weather
+26
Кечаси   +14°

Ta’lim krediti uchun variantlar: Qayerdan, qanday va qanchaga olish mumkin?

ta

O‘zbekistonda har yili minglab yoshlar oliy ta’limga o‘qishga kiradi. Ulardan ko‘pchiligi uchun eng asosiy masala — kontrakt pulini qanday to‘lash. Insonlar ta’lim krediti olish oson, startap uchun ham maxsus kreditlar bor deydi. Ammo asl haqiqatni ko‘pchilik bilmaydi. Keling, talabalar uchun qanday imkoniyatlar borligini hayotiy misollar va amaldagi tizim orqali ko‘rib chiqamiz.

Talabalar “School 21” dasturlash maktabi intensiv kursining birinchi  bosqichini yakunladi - zarnews.uz

Ta’lim krediti talabalar uchun yordam

Bugungi kunda talabalar ko‘p oladigan kredit — bu ta’lim kreditidir. Ushbu kredit turi bakalavr va magistrda o‘qiyotgan, kontrakt asosida tahsil olayotgan talabalarga beriladi. Super-kontraktda o‘qiydigan talabalarga esa kredit ajratilmaydi.

Tizimning asosiy qulayligi shundaki, talaba o‘qiyotgan vaqtida kreditni to‘lamaydi. U faqat o‘qishni tugatgandan keyin, odatda olti oy yoki bir yil o‘tib, asta-sekin oylik to‘lov qila boshlaydi. Muddati esa odatda 5-7 yil bo‘lgani uchun to‘lovlar ham uncha katta bo‘lmaydi. Kreditni olish uchun talaba avval o‘qiyotgan OTMdan kontrakt summasi ko‘rsatilgan ma’lumotnoma oladi. So‘ng pasport va o‘qiyotganini tasdiqlovchi hujjatlar bilan bankka boradi. 

Banklar talabaning oilasidagi moliyaviy imkoniyatni va qarzdorlik tarixini tekshiradi. Shartnoma tuzilgach, pul bevosita universitet hisobiga o‘tkaziladi. Shu bilan talaba kreditni qo‘lga olmasdan turib, kontrakti yopiladi. Ta’lim kreditining bir yomon tomoni bor. Agar talaba o‘qishni tashlab qo‘ysa, kreditni darhol to‘lash boshlanadi.

Ta'lim krediti haqida batafsil ma'lumot - Ta'lim xabarlari

Qaysi banklar orqali olish oson?

Talabalar uchun tez va qulay ta’lim krediti olish mumkin bo‘lgan banklar: 

— Mikrokreditbank (MKBank)da yillik 14% stavkada 15 yil uchun onlayn ariza topshirish orqali kreditni tezroq olish imkoniyati bor. 

— Hamkorbankda ta’lim krediti yillik 14% stavkada 7 yilgacha beriladi. 

— Agrobankdan ham ta’lim kreditini yillik 14% stavkasi bilan 7 yilga olish mumkin.

— Biznesni rivojlantirish banki (BRB)da ham kredit yillik 14% stavkasi bilan 7,5 yilga beriladi. Biroq bu yerda kafillik talab qilinishi mumkin. 

— Garant bank kredit yillik 22-26% stavkasi bilan 1-4 yil muddatga ajratiladi. Bunda bankka garov, 3-shaxs kafilligi hamda kreditni qaytarish bo‘yicha sug‘urta polisi taqdim etish lozim.

— Trastbankdan ta’lim kreditini yillik 17% stavkasi bilan 5–10 yilga olsa bo‘ladi.

— Ipak yo‘li bankidan kreditni 24,9 foiz stavkasi bilan 3 yilga olish mumkin.

— Infinbankda ta‘lim krediti yillik 26,99 foiz stavkasi bilan 3 yilgacha beriladi.

Talabalar tadbirkorligi uchun kredit

Yoshlar orasida startap uchun 100 millionlik kredit borligi haqida ko‘plab gaplar tarqalgan. Haqiqat shundaki, bu kreditlar talabalar uchun emas, balki 18–30 yoshda oralig‘idagi yoshlar uchun beriladi. 

Tadbirkorlik kreditini olishda biznes-reja, garov va kafillik muhim rol o‘ynaydi. Bunday kredit turlarida foiz stavkalari turlicha bo‘ladi. Masalan, ayrim dasturlarda 7% bo‘lsa, hozir ko‘pchilik banklarda 14–18% atrofida. Beriladigan summa odatda 100 million so‘mgacha, ba’zan undan ko‘proq bo‘lishi mumkin. Bu kamera, kompyuter, dasturiy ta’minot, xizmat ko‘rsatish, kichik biznesni yo‘lga qo‘yish kabi yo‘nalishlar uchun ajratiladi. Talabalar orasida shunday kreditlar orqali blogerlik, dizayn, videomontaj, IT xizmatlarini boshlaganlar ko‘p uchraydi. Ammo banklar daromad manbai yo‘q yoki kafillik bo‘lmasa, kredit tasdiqlamaydi.

Kameras Stockfotos, lizenzfreie Kameras Bilder | DepositPhotos

Теги :
Jamiyat