$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Oktyabr oyida muammoli kreditlar qariyb 500 milliard so‘mga yetdi

Kredit

Markaziy bankning ma’lum qilishicha, joriy yil oktyabr oyida banklarning kredit portfeli 5,38 trln. so‘mga ko‘payib, uning jami qoldig‘i 521 trln. so‘mdan ortgan.

Kredit portfeli

Davlat banklari orasida faqatgina Turonbankda (-58,1 milliard so‘m) kredit qoldig‘i kamaydi. Qolgan davlat banklarining barchasida kreditlar qoldig‘i ortishi hisobiga ularning kredit portfeli 3,4 trillion so‘mga, xususiy banklarda 1 trillion 957 milliard so‘mga ortgan.

Markaziy bankning ma’lum qilishicha, joriy yil oktyabr oyida banklarning kredit portfeli 5,38 trillion so‘mga ko‘payib, uning jami qoldig‘i 521 trillion so‘mdan ortgan.

Davlat banklari orasida faqatgina Turonbankda (-58,1 milliard so‘m) kredit qoldig‘i kamaydi. Qolgan davlat banklarining barchasida kreditlar qoldig‘i ortishi hisobiga ularning kredit portfeli 3,4 trillion so‘mga, xususiy banklarda 1 trillion 957 milliard so‘mga ortgan. Boshqa banklar orasida jami 8 ta bankda kredit qoldig‘i kamaygan. Kredit portfelda eng katta pasayish Ipoteka bank (-708 milliard so‘m)da kuzatilgan.

NPL qoldig‘i

Muammoli kreditlar (NPL) qoldig‘i bank tizimi bo‘yicha oy davomida 474 milliard so‘mga ko‘paygan va 22 trillion so‘mdan oshgan. NPL qoldig‘i davlat banklarida 356 milliard so‘mga ko‘paygan bo‘lsa, boshqa banklarda o‘sish 118 milliard so‘mga teng bo‘lgan. Xususan, muammoli kreditlar o‘sishi asosan O‘zmilliybank (+352 mlrd. so‘m), Kapitalbank (-200,4 milliard so‘m) hamda Oriyent Finans banklar hisobiga to‘g‘ri kelgan. Oktyabr oyi davomida muammoli kreditlardan eng ko‘p Ipoteka bank (-486,1 milliard so‘m) qutulgan. Kredit portfeldagi NPL ulushi o‘tgan oyga nisbatan deyarli o‘zgarmagan holda 4,2 foiz darajasida qolgan.