Shanba, 24-oktabr, 2026
Havo 67 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +18° kechasi +6°

4–10-oktyabr kunlari “Butunjahon kosmos haftaligi” tadbirlari bo‘lib o‘tadi

“O‘zbekkosmos” agentligi ushbu haftalik doirasida ko‘plab yirik loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda.

1 daqiqa o‘qiladi

4–10-oktyabr kunlari “Butunjahon kosmos haftaligi” tadbirlari bo‘lib o‘tadi

O‘zbekistonda 4–10-oktyabr kunlari “Butunjahon kosmos haftaligi” tadbirlari bo‘lib o‘tadi. Bu haqda “O‘zbekkosmos” agentligi xabar berdi.

100 ga yaqin davlatlarda nishonlanadigan tadbir

Ma’lum qilinishicha, BMT Bosh assambleyasi tomonidan 1999-yilda imzolangan rezolyutsiyaga muvofiq, har yili oktyabr oyining dastlabki 10 kunligida dunyoning 100 ga yaqin davlatlari mazkur sanani keng nishonlaydi.

“O‘zbekkosmos” agentligining ma’lum qilishicha, O‘zbekistonda ham haftalik doirasida qator tadbirlar amalga oshiriladi. Jumladan, 4–10-oktyabr kunlari Tashkent City Mall savdo – ko‘ngilochar markazida kosmos tarixiga bag‘ishlangan maxsus ko‘rgazma o‘z ishini boshlaydi.

NASA Space Apps Challenge 2024 xakatoni

5-6-oktyabr kunlari Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida “O‘zbekkosmos” agentligi va NASA hamkorligida tashkil etilayotgan yirik NASA Space Apps Challenge 2024 xakatoni bo‘lib o‘tadi. Unda 200 nafardan ortiq yoshlar 40 ga yaqin jamoalarga bo‘linib, o‘z loyihalarini ishlab chiqadi.

Shuningdek, butun Respublika bo‘yicha umumtaʼlim maktablari, akademik litsey va universitetlarda “Butunjahon kosmos haftaligi” mavzusiga bag‘ishlangan ochiq darslar, suhbatlar, taqdimotlar va boshqa qator loyihalar amalga oshirilishi rejalashtirilgan.