$
 12198.28
-30.3
 14241.49
-41.49
 156.57
0.61
weather
+26
Кечаси   +14°

BMT yadroviy kontrabandaga qarshi kurashishda O‘zbekistonga yordam bermoqchi

Yadro

O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasi BMT O‘zbekiston va Qozog‘istonda radioaktiv va yadroviy materiallarning noqonuniy aylanishining oldini olish dasturini ishga tushirgani haqida xabar berdi.

BMT loyihasi

Radioaktiv materiallar kontrabandasiga qarshi kurashda xalqaro hamkorlikni mustahkamlash maqsadida BMTning “CONTACT – Markaziy Osiyo: radiologik va yadroviy materiallarning noqonuniy aylanishining oldini olish salohiyatini oshirish” nomli ikki yillik dasturi boshlandi.

Dastur ikki yil davom etadi

Dasturning davomiyligi ikki yil. U Norvegiya radiatsiya xavfsizligi agentligi (DSA) tomonidan moliyalashtiriladi. Dasturning O‘zbekistondagi muvofiqlashtiruvchisi sifatida Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi saylandi.

O‘zbekistonda yangi tizim yaratilgan

Loyihani muhokama qilish bo‘yicha birinchi yig‘ilish 2-3-dekabr kunlari Turinda bo‘lib o‘tdi. Tadbirda dasturning O‘zbekistondagi milliy koordinatori Otabek Qosimov respublikada radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilishning avtomatlashtirilgan tizimi yaratilayotganini ma’lum qildi.

Теги :
Jamiyat