Eminem, Pitbull, 50 Cent va boshqa ko‘plab jahon yulduzlari O‘zbekistonga kelishi kutilmoqda
Iyul oyida Andijonning Xonobod shahrida "Sounds of the World" shou gala konsertlarini tashkil etish rejalashtirilgan.
1 daqiqa o‘qiladi

Iyul oyida Andijonning Xonobod shahrida "Sounds of the World" shou gala konsertlarini tashkil etish rejalashtirilgan.
Prezident tashabbusi
Andijonda prezident tashabbusi bilan 2023-yilda o‘tkazilgan “Dunyo sadolari” festivali 2024-yilning iyulida ham Xonobod shahrida keng miqyosda o‘tkazilishi haqida viloyat hokimligi xabar bermoqda.
Yulduzlarning to'liq ro'yxati
Unga ko'ra, yaqinlashib kelayotgan "Sounds of the World" festivalida Modern Talking, Eminem, 50 Cent, Usher, Pitbull, Inna, Sean Paul, Tarkan hamda Arash kabi dunyo yulduzlari sahnaga ko'tarilishi kutilmoqda. "Aholimiz uchun dunyo yulduzlari ishtirokda shou gala konsertlar tashkil etish rejalashtirilgan va harakatlar olib borilmoqda. Iyul oyida Andijonning Xonobod shahrida ko‘rishguncha" — deb yoziladi viloyat hokimiyatining rasmiy sahifasida.



