$
 12658.19
-100.17
 14672.11
-148.0
 161.44
-1.9
weather
+26
Кечаси   +14°

Arpa ekib, ko‘knori o‘rib olgan dehqon

Ko

331 ming tupdan ziyod ko‘knori ekib, uning arpa ekanligini ta’kidlagan dehqon qo‘lga olindi. Bu haqda Hudud informatsion dasturi xabar berdi.

Panalardan ham panada

Jinoyatni sodir etayotgan odam odatda bu ishining fosh bo‘lmasligiga ishonchi komil bo‘ladi va bu jinoyatga qo‘l uradi.

Baxmal tumanining Oyqor mahallasida yashovchi shaxs ham jinoyatining fosh bo‘lmasligiga ishonchi komil bo‘lganga o‘xshaydi. U o‘z tomorqasiga ko‘knori urug‘ini ayamasdan sochyotir bunda xavotir ham olmagan ko‘rinadi.

331 ming tup ko‘knori

U ko‘knorini tog‘ bag‘ridagi chekka qishloqda tevaragi daraxt va o‘tlar bilan o‘ralgan maydonda yetishtirgan, ammo 4,5 sotix joyda parvarishlanayotgan 331 ming 380 tup giyohvand o‘simlik IIB va DXX xizmati e’tiboriga tushib qoldi.

Ayblanuvchi qilmishi natijasini jinoiy javobgarlik ekanligini yaxshi bilgan va shunga qaramay, tavakkal qilgan.

Bunchalik ko‘p bo‘lib ketadi deb o‘ylamagan ekan!

Ayblanuvchining aytishiga qaraganda, u o‘simlikni yanvarda kunlar issiq bo‘lganligi sababli, "eee bor-e" deb ekib yuborgan ekan. Hechkim bu haqda bilmagan va u barchasini o‘g‘itlar bilan boyitib ekib chiqqan, bunchalik ko‘p bo‘lib ketishini o‘ylab ham ko‘rmagan ekan.

Eng qizig‘i u bu ishi haqida qilgan ishidan mamnun kabi gapirib bergan.

Iste’mol uchun tayyor 5 kg. 450 gr. ko‘knori ham bo‘lgan

Ayblanuvchining uyi tekshirilganida esa xonadonda yana iste’mol uchun tayyor qilib qo‘yilgan 5 kilogramm 450 gramm ko‘knori borligi ham aniqlangan.

Bular uning muqaddam ham ko‘knori yetishtirganidan darak beradi hamda ko‘knori urug‘ini qayerdan olganligi esa yana bir jinoyat ishining ochilishiga sabab bo‘ladigan ko‘rinadi. 

Jinoyat ishi 

Voqea ayblanuvchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilishi bilan yakunlandi.

Теги :
Jamiyat