Juma, 23-oktabr, 2026
Havo 73 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +11° kechasi +8°
Читать на русском

Nima uchun kuzda ko‘proq kivi iste’mol qilish kerak?

Kivi K vitamini, kaliy va qonni suyultiruvchi tabiiy komponentlarga boy. Bu moddalar qon quyuqlashish xavfini kamaytiradi, yurak mushaklarini mustahkamlaydi, qon tomirlari devorlarining elastikligini oshiradi.

2 daqiqa o‘qiladi

Nima uchun kuzda ko‘proq kivi iste’mol qilish kerak?

Kivida apelsinga qaraganda ko‘proq C vitamini mavjud, shuning uchun ushbu meva ayniqsa kech kuz va qish mavsumida ayniqsa foydalidir. Bu haqda dedi endokrinolog E. Kazachkova “Gazeta.ru” nashriga bergan intervyusida aytib oʻtdi. 

C vitaminining foydalari 

C vitamini immunitetni mustahkamlaydi, viruslar va mikroblar bilan kurashishga yordam beradi va teri salomatligi uchun muhim bo‘lgan kollagen sintezida ishtirok etadi.

Kivi K vitamini, kaliy va qonni suyultiruvchi tabiiy komponentlarga boy. Bu moddalar qon quyuqlashish xavfini kamaytiradi, yurak mushaklarini mustahkamlaydi, qon tomirlari devorlarining elastikligini oshiradi.

Ovqat hazm qilish tizimini normallashtiradi va buyrak toshlari xavfini kamaytiradi

Shuningdek, kivi oshqozon-ichak traktining normal ishlashi uchun foydali bo‘lgan o‘simlik tolalariga boy. Kivida aktinidin fermenti mavjud. Bu oqsillarni parchalash va ovqat hazm qilishni osonlashtirish uchun kerak. Aktinidinga qo‘shimcha ravishda, meva kislotalari ovqat hazm qilishga yordam beradi. Bu, ayniqsa, oshqozonda xlorid kislotasi yetarli darajada ishlab chiqarilmaganida juda foydali. Xitoy tibbiyotida kivi asrlar davomida ovqat hazm qilish tizimini normallashtirish va buyrak toshlari xavfini kamaytirish uchun iste’mol qilinadi.

Parhezbop meva

Kivi tana vaznini nazorat qiladigan insonlar uchun ayni muddao. Uning kaloriyasi past (100 gramm mahsulotda 40-60 kilokaloriya mavjud), lekin o‘zining foydali tarkibi tufayli to‘yimli mahsulotdir. Kivi po‘stida turli antioksidantlar ko‘p, ammo mevaning po‘sti odatda iste’mol qilinmaydi. Agar istak bo‘lsa, kivini butunicha yeyish zarar qilmaydi.

Kivini turli yorma, yogurt va salatlarga qo‘shib, uni gazak yoki shirinlik sifatida iste’mol qilish tavsiya etiladi.