Dushanba, 19-oktabr, 2026
Havo 95 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +16° kechasi +9°

Bolalar kunida ish qildirilgan qizaloq

Bog‘chada tarbiyalanuvchi qizchani idishlarni yuvishga majburladi.

1 daqiqa o‘qiladi

Idish yuvayotgan qizaloq

Bog‘chada tarbiyalanuvchi qizchani idishlarni yuvishga majburladi.

Qizcha bolalar kunida ish qilishga majburlandimi?!

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan xabarlarga ko‘ra Jizzax viloyati Zarbdor tumanidagi 10-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida bog‘cha bolasiga idish-tovoqlarni yuvdirib qo‘yilgan ekan.

Holat 31-may bolalar bayrami oldidan tayyorgarlik paytida sodir bo‘lganligi aytilmoqda.

Ishlamaydigan kameralar

Ushbu holat yuz bergan xonada kamera bor ekanligi sababli video tasvirlar so‘ralganida bog‘cha ma’muriyati ularning ishlamasligini ta’kidlashgan.

Qizchaning tarbiyachisi esa uni tashqariga chiqmasligini aytganligi sababli yordamchi tarbiyachiga tashlab ketganligini aytgan. Yordamchi tarbiyachi esa bir bu joyda bo‘lmaganligini, bir qizcha gaplarga quloq solmagan ekanligini va qizchaning oilasi bularni atayin qilgan bo‘lishi mumkinligini aytgan.

Rasmiy ma’lumot

Mutasaddilar ushbu videotasvirlar yuzasidan hozirda o‘rganish ishlari olib borilayotganligi hamda barchasi aniqlashgach to‘liq ma’lumot berilishi aytishgan.