$
 12287.31
-22.68
 14644.02
-22.1
 158.83
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Toshkent viloyati IIBB Olmaliqdagi maktab oʻquvchisi tarbiyaviy yigʻilishga kirmasdan oldin vafot etganini maʼlum qildi

Avvalroq huquq-tartibot idoralari xodimlari Olmaliqdagi maktabda o‘tkazgan qandaydir yig‘ilish (tarbiyaviy soat)dan so‘ng stress tufayli qizning trombi uzilib ketgani haqida xabar bergan edik. Biroq Toshkent viloyati IIBB matbuot kotibi Bobur To‘laganov qizning vafotiga tarbiyaviy soatda ishtirok etgani sabab bo‘lmaganini ma’lum qildi. Voqea yig‘ilish boshlanishidan oldin sodir bo‘lgan, o‘quvchi qiz unga kirishga ulgurmagan.

Oʻquvchilar buning teskarisini aytmoqda

Farzandi ushbu yig‘ilishda qatnashgan ota-onaning so‘zlariga ko‘ra, tadbirni maktab ota-onalar qo‘mitasi vakili tashkillagan bo‘lib, u boshqa bir o‘quvchi haqida tarqalgan mish-mishlardan uni himoya qilmoqchi bo‘lgan.

“U yolg‘on bahona bilan ichki ishlar xodimlarini chaqirtirib, qizlarga qo‘pol ohangda, baland ovozda “ma’ruza” o‘qiy boshlagan. So‘ngra mish-mish tarqatishda “gumon qilingan” qizlarni suhbat uchun alohida xonaga chaqirishgan. Xonada asosan erkaklar bo‘lgan. Vafot etgan qiz suhbatga chaqirilganda juda kuchli stressni boshidan o‘tkazgan”, — deya ota-ona murojaat qilgan.

Ichki ishlar bosh boshqarmasi pozitsiyasi

Toshkent viloyati IIBB matbuot kotibi Bobur To‘laganov qizning vafotiga tarbiyaviy soatda ishtirok etgani sabab bo‘lmaganini ma’lum qildi.

IIBB ma’lumotlariga ko‘ra, Olmaliq shahridagi 5-sonli maktabning 9, 10 va 11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida bir-birlari haqida mish-mish tarqatish ortidan kelishmovchiliklar yuzaga kelgan.

Shu munosabat bilan maktab ma’muriyati Xotin-qizlar qo‘mitasi vakillari hamda maktabga biriktirilgan ichki ishlar organlari inspektor-psixologlari ishtirokida o‘quvchi qizlar uchun tarbiyaviy soat yig‘ilishi rejalashtirgan, deb ta’kidladi matbuot kotibi.

“Keyinchalik vafot etgan 10-sinf o‘quvchisi boshqa maktabdoshlari bilan birga yig‘ilishga ketayotganda, birinchi qavat yo‘lagida o‘zini yomon his qilgan, yiqilgan va vafot etgan. E’tibor bering: voqea rejalashtirilgan yig‘ilish boshlanishidan oldin sodir bo‘lgan, o‘quvchi qiz unga kirishga ulgurmagan”, — dedi Bobur To‘laganov.

Теги :
Jamiyat