Habibning Rossiyadagi barcha kompaniyalari yopilmoqda
UFC sobiq chempioni Habib Nurmuhammedov Federal soliq xizmatidan 306 million rubl qarzdorligi ma’lum bo‘ldi.
1 daqiqa o‘qiladi

UFC sobiq chempioni Habib Nurmuhammedov Federal soliq xizmatidan 306 million rubl qarzdorligi ma’lum bo‘ldi.
“Mash” axboroti
Rossiyalik aralash yakkakurashlar (MMA) bo‘yicha mashhur jangchi, yengil vazn toifasida UFC sobiq chempioni Habib Nurmuhammedov Federal soliq xizmatidan 306 million rubl qarzdorligi ma’lum bo‘ldi. Departament Eagle FC va unga aloqador xayriya jamg‘armasining akkauntlarini blokladi. Bu haqda “Mash” Telegram-kanali xabar berdi.
Federal soliq xizmati tekshiruvni boshladi
O‘zining sport karerasini tugatganidan so‘ng, Habib sport ozuqalarini sotish, Eagle FC promousheniga homiylik qilish bilan shug‘ullangan. Manbaga ko‘ra, sportchi keyinchalik Sildi, First Mobile kompaniyalari, shuningdek, Ta’lim, sport va ijtimoiy tashabbuslarni rivojlantirish jamg‘armasi ta’sischiligidan iste’foga chiqqan. Nurmuhammedov o‘ziga tegishli kompaniyalar egaligini qarindoshlari va do‘stlariga topshirgan. Federal soliq xizmati tekshiruvni boshladi, hozirda Nurmuhammedovning bir qancha kompaniyalari yopilgan. Masalan, turizm bilan shug‘ullanuvchi Hikmet Travel kompaniyasi ham faoliyatini to‘xtatdi.



