Dushanba, 19-oktabr, 2026
Havo 93 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +17° kechasi +9°

Kannda ilk bora o‘zbek pavilyoni

Dunyodagi eng nufuzli festivallardan biri bo‘lgan Kann kinofestivalida o‘zbek pavilyoni ham ish boshladi.

2 daqiqa o‘qiladi

Kannda ilk bora o‘zbek pavilyoni

Dunyodagi eng nufuzli festivallardan biri bo‘lgan Kann kinofestivalida o‘zbek pavilyoni ham ish boshladi. 

77-festival

77-bor o‘tkazilayotgan Kann kinofestivalida bu safar 100 ga yaqin mamlakatdan delegatsiyalar ishtirok etmoqda. 25-maygacha davom etadigan ushbu marosimda birinchi marta O‘zbekiston delegatsiyasining ham bor. 

Delegatsiya tarkibi

O‘zbek delegatsiyasi Madaniyat vazirligi, Kinematografiya agentligi, Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi mas’ul vakillaridan iborat.

Namoyish etiladigan filmlar 

Festival davomida o‘zbek pavilyoni mehmonlarga "Faridaning ikki ming qo‘shig‘i", “101-reys”, “Yakshanba”, “Pandemiya”, “Evrilish”, “Ilhaq” kabi badiiy filmlarni namoyish etadi. Undan tashqari, "Ulug‘ Amir va donna Mariya", "Bahodir Yalangto‘sh" kabi yangi filmlar ham ilk bora ekran yuzini ko‘radi.

"Davlat rahbarining yordami evaziga shu yergacha keldik"

 "O‘zbekiston Kann kinofestivalda qatnashmagan, so‘nggi yillardan qatnasha boshladi. Prezidentimiz tomonidan kino sohasida shu kabi ko‘plab muhim tashabbuslar ilgari surilmoqda. Mana shu islohotlar natijasida Yangi O‘zbekistonda yangi kino san’atiga bo‘lgan e’tibor juda yuqori. Aynan o‘zbek pavilyonining Kann kinofestivalida ochilishi ham bunga yaqqol misol bo‘ladi. Davlat rahbarining kino sohasidagi islohotlari samarasi o‘laroq Yangi O‘zbekiston davrida xalqaro festivallarda o‘zbek pavilyonlarining ishtirokini kuzatyapmiz. Bunday nufuzli kinofestivalda o‘zbek pavilyoni ochilishi bizni g‘ururlantiradi. Bu bizga kino san’atimizni rivojlantirishga, sanoatimizni dunyoga olib chiqishga yordam beradi", - deydi agentlik rahbari.