$
 12927.17
36.74
 14717.58
-3.29
 155.73
-0.31
weather
+26
Кечаси   +14°
textileads

Endi kadastrga ega bo‘lmagan obyektlarni ishga tushirish taqiqlanadi

kadastr

Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 12-fevraldagi 85-sonli qarori bilan shaharsozlik faoliyatini geoinformatsion ta’minlash mexanizmini takomillashtirishga oid yangi qoidalar joriy etildi. Ushbu hujjatga asosan, barcha qurilishi tugallangan obyektlar ijro topografik suratga olinib, “Topografiya” bazasiga kiritilishi majburiy bo‘ladi. Bundan tashqari, ushbu bazaga kiritilmagan topografik rejalar asosida loyiha hujjatlarining ekspertizasi o‘tkazilmaydi. 

“Topografiya” ma’lumotlar bazasi yaratiladi

O‘zbekiston Respublikasida markazlashtirilgan “Topografiya” ma’lumotlar bazasi tashkil etiladi. Ushbu baza shaharsozlik va qurilish jarayonlarini yanada aniq nazorat qilishga xizmat qiladi. Barcha qurilishi tugallangan obyektlar majburiy ravishda ijro topografik suratga olinib, ushbu bazaga kiritilishi shart bo‘ladi. 

Shuningdek, tashkilot va korxonalar tomonidan amalga oshirilgan yirik masshtabli topografik suratga olish ishlari ham ushbu bazada jamlanadi. Loyiha hujjatlari ekspertizadan o‘tishi uchun faqat shu bazaga kiritilgan topografik rejalar ishlatilishi talab etiladi. 

Agar obyekt ijro topografik tasvirga ega bo‘lmasa va “Topografiya” bazasiga kiritilmagan bo‘lsa, uni foydalanishga topshirish taqiqlanadi. Bu esa qurilish jarayonlarining shaffofligini oshirish va nazoratni kuchaytirishga yordam beradi.

Shaharsozlik faoliyati nazorati kuchaytiriladi

Yangi qaror shaharsozlik loyihalarining yanada aniq va tartibli yuritilishini ta’minlash hamda qurilish obyektlarini nazorat qilish tizimini takomillashtirish maqsadida qabul qilingan. Shu bilan birga, shaharsozlik faoliyatini geoinformatsion ta’minlash uchun markazlashtirilgan topografik ma’lumotlar bazasini yaratish va yuritish qoidalari ham tasdiqlandi.

Qonun qachondan kuchga kiradi?

Ushbu hujjat Milliy qonunchilik ma’lumotlar bazasida e’lon qilindi va 2025-yil 12-fevraldan kuchga kirdi. 2025-yil 1-iyuldan boshlab esa barcha qurilishi tugallangan obyektlar uchun yangi qoidalar majburiy bo‘ladi. 

Теги :
Jamiyat