Xorazmda 17 yoshli bola o‘zini 5-qavatdan tashlab yubordi
Ijtimoiy tarmoqlarda yuqori qavatdan o‘zini tashlab mashina ustiga yiqilgan bolaning videolari tarqaldi.
1 daqiqa o‘qiladi

Ijtimoiy tarmoqlarda yuqori qavatdan o‘zini tashlab mashina ustiga yiqilgan bolaning videolari tarqaldi.
Bola nega yuqori qavatdan sakradi?!
Holat Xorazm viloyatining Urganch shahrida 14-may kunida sodir bo‘lgan. Voyaga yetmagan, 2007-yilda tug‘ilgan bola oilaviy sabablar yoki janjalni deb o‘zini 5-qavatdan tashlab yuborgan.
Voqea joyida bolaning ahvoli va tan jarohatlari juda og‘ir ekanligi tufayli uni tezda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga yetkazilgan. Hozirda shifokorlar tomonidan unga tibbiy muolajalar ko‘rsatilmoqda.
Bolaning ahvoli hozirda qanday?!
Bola tez tibbiy yordam uchun 14-may kuni 14:30 larda yetkazilgan bo‘lib, o‘ta og‘ir ahvolda bo‘lgan.
Bolada qo‘shjarohat, bosh miya jarohati, miya chayqalishi, ko‘plab yopiq jarohatlar, 11-12 ko‘krak umurtqalarining sinishi borligi aniqlangan.
Yetkazilgan paytida bolaning ahvoli o‘ta og‘ir deb baholangan va hozirda o‘rtacha og‘irlik holatida deb baholanmoqda.
Tergov harakatlari davom etmoqda
Ushbu holat yuzasidan Urganch shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari davom etmoqda. Bolaning jarohatlari yuzasidan esa sud ekspertiza guruhi faoliyat olib bormoqda.



