$
 12778.12
78.98
 14931.23
83.4
 164.01
1.85
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

O‘zbekiston JSTga a’zo bo‘lish yo‘lidagi muzokaralarni 2026-yilgacha yakunlamoqchi

JST

Oʻzbekiston Jahon savdo tashkilotiga (JST) a’zo boʻlish boʻyicha muzokaralarni tezlashtirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda JST matbuot xizmati mamlakat bosh vaziri oʻrinbosari Jamshid Xoʻjayevning soʻzlariga asoslanib xabar berdi.

2026-yilgacha muzokaralar yakunlanadi

O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi bo‘yicha 5 va 6-dekabr kunlari bo‘lib o‘tgan ishchi guruhning 9-yig‘ilishida Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev boshchiligidagi delegatsiya mamlakat JSTga a’zo davlatlar bilan jarayonni 2026-yilgacha yakunlash bo‘yicha muzokaralarni olg‘a siljitish qat’iy niyatini tasdiqladi.

“Biz 2026-yilga qadar Oʻzbekiston nafaqat JSTning toʻlaqonli a’zosi, balki koʻp tomonlama savdo tizimiga muvaffaqiyatli integratsiya modeliga aylanishiga intilamiz”, – dedi u Oʻzbekiston Respublikasining tashkilotga kirishi boʻyicha ishchi guruh yigʻilishida.

Barqaror kursni saqlab qolgan holda islohotlarni davom etadi

Xoʻjayev Oʻzbekiston JSTga a’zo boʻlish boʻyicha barqaror kursni saqlab qolgan holda islohotlarni davom ettirishga tayyorligini qoʻshimcha qildi. 2025-yilda Toshkent muzokaralarni yakunlash va huquqiy hujjatlarni uygʻunlashtirish boʻyicha sa’y-harakatlarni faollashtirishi kutilmoqda.

O‘zbekiston 20 dan ortiq davlat bilan muzokaralarni yakunladi

Eslatib oʻtamiz, 2024-yil dekabr holatiga koʻra, mamlakat JSTga a’zo boʻlish boʻyicha 20 dan ortiq davlatlar bilan muzokaralarni yakunladi. Ular orasida Xitoy va AQSh kabi davlatlarni koʻrish mumkin.

Теги :
Jamiyat