Milliy xavfsizlik prezidentning jiyanini hibsga oldi
Davlat rahbarining jiyani so‘nggi bir yil ichida ikkinchi bor hibsga olinmoqda.
1 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘iz Respublikasida faoliyat olib boruvchi “Kaktus” nashri mamlakat huquq-tartibot idoralari xodimlariga tayanib, Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi mamlakat Prezidenti Sadir Japarovning jiyani Ulanni hibsga olganini ma’lum qildi.
Tergov ma’lumotlari
Ulan Japarov Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarovning amakivachchasi Raqimjon Japarovning o‘g‘li hisoblanadi. 33 yoshli Ulan Japarov katta miqdordagi firibgarlikda ayblanmoqda, qayd etilishicha, sud uni tergov izolyatoriga jo‘natgan. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, davlat rahbarining jiyani ismi oshkor etilmagan shaxsga uni Qirg‘iziston Prezidentining mamlakat viloyatlaridan biridagi vakolatli vakili lavozimiga tayinlashni va’da qilgan va buning uchun go‘yoki 100 ming dollardan ortiq mablag‘ olgan. Biroq u bergan va’dasini bajarmagan.
Ikkinchi ish
Ajablanarlisi, ushbu holat Ulan Japarovning so‘nggi bir yil ichida birinchi bor hibsga olinishi emas. U 2023-yil iyun oyida ham bojxonadagi korrupsion sxemalarda ishtirok etganlikda gumonlanib, respublika IIV tomonidan qo‘lga olingan. 17-iyul kuni Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbari Qamchibek Tashiyevning qarindoshi ham firibgarlikda gumonlanib, hibsga olingan. U 11-avgustga qadar hibsda saqlanadi.



