$
 12927.17
36.74
 14717.58
-3.29
 155.73
-0.31
weather
+26
Кечаси   +14°
powerads

AQSh Sog‘liqni saqlash vazirligi faqat ikki jins mavjudligini rasman tasdiqladi

aqsh

AQSh Sog‘liqni saqlash vazirligi AQSh hukumati, tashqi hamkorlar va jamoatchilik uchun qo‘llanma chiqardi. U faqat ikki jins: erkak va ayol mavjudligini tan oladi. Bu haqda AQSh Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar vazirligi xabar berdi.

Qo‘llanmada faqat ikki jins borligi tan olinadi

“Qo‘llanmada faqat ikki jins borligi tan olinadi: erkak va ayol. Vazirlik ushbu ta’riflardan foydalanib, ayollar biologik jihatdan ayol, erkaklar biologik jihatdan erkak ekanligini tasdiqlovchi siyosatni ilgari suradi,”- deyiladi vazirlik xabarida.

Hujjatda, jumladan, jins “insonning erkak yoki ayol sifatidagi o‘zgarmas biologik tasnifi” ekanligi tan olinadi va “ota” faqat erkak jinsidagi bemor, “ona” esa faqat ayol jinsidagi bemor sifatida belgilanadi.

Shu bilan birga, AQSh Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbari kichik Robert F. Kennedi AQSh hukumati “sog‘lom fikr va biologik haqiqatni tiklayotganini” ta’kidlab, “avvalgi ma’muriyatning gender mafkurasini ijtimoiy hayotning barcha jabhalariga joriy etishga qaratilgan siyosati tugaganini” qo‘shimcha qildi.

Bolalarning jins almashtirishi bo‘yicha qo‘llanma talablari ham bekor qilinmoqda

Kennedi idorasi, 2022-yilda chiqarilgan bolalarning boshqa jinsga “o‘tishini” qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘llanmani bekor qildi.

“Sog‘liqni saqlash vazirligi endi bolani bir jinsdan boshqasiga “o‘tkazish”ni rag‘batlantirmaydi, yordam bermaydi yoki qo‘llab-quvvatlamaydi va bu halokatli va hayotni o‘zgartiruvchi protseduralarni taqiqlovchi yoki cheklovchi barcha qonunlarga qat’iy rioya qiladi,” - deyiladi AQSh Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan e’lon qilingan xabarda.

Ma’lumot uchun, AQSh prezidenti Donald Tramp hukumatga kelganidan so‘ng AQShda faqat ikki jins erkak va ayol tan olinishini hamda transgenderlarga ayollar musobaqalarida qatnashishni taqiqlovchi hujjatni imzolagani haqida xabar bergan edik.