Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 85 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
🌤 +23° kechasi +9°

Endi Eronda islomiy kiyinish qoidalarini buzgan ayollar yanada qattiqroq jazolanadi

9 yoshdan boshlab ro‘mol taqish majburiydir. Agar voyaga yetmagan qiz qonunni buzsa, ota-ona javobgarlikka tortiladi va qizga nisabatan “tarbiyaviy choralar” ko‘riladi.

2 daqiqa o‘qiladi

Endi Eronda islomiy kiyinish qoidalarini buzgan ayollar yanada qattiqroq jazolanadi

Eron hukumati mamlakat prezidenti Mas’ud Pezeshkiyonning saylovoldi va’dalariga zid ravishda “iffat va hijob to‘g‘risida”gi qonunni joriy qilmoqda.

Yanada qattiqroq jazo

Iran News Update nashrining xabar berishicha, davlat endilikda islomiy kiyinish qoidalarini buzganlarni yanada qattiqroq jazolaydi. Yangi qoidalar nafaqat sochlarni ko‘rsatishni taqiqlaydi, balki bo‘yin, bilaklar yoki to‘piqlarni berkitish majburiyatini ham yuklaydi.

Birinchi qoidabuzarlik uchun ayol 155 yevro miqdorida jarima to‘laydi. Agar qoidabuzarlik takrorlansa, jarima sezilarli darajada oshishi mumkin.

Jarimaga qarshi norozilik — qoʻshimcha jazo

Jarimaga qarshi tanqid yoki norozilik qo‘shimcha jarima jazosini yuklaydi, unga ko‘ra qoidabuzar 155 yevrogacha pul to‘lashi shart. 9 yoshdan boshlab ro‘mol taqish majburiydir. Agar voyaga yetmagan qiz qonunni buzsa, ota-ona javobgarlikka tortiladi va qizga nisabatan “tarbiyaviy choralar” ko‘riladi.

Taksi haydovchilari qoidabuzarliklar haqida xabar berishi, turar-joy majmualari rahbarlari esa hijobsiz ayollarning videolarini tegishli rasmiylarga uzatishi shart. Ushbu majburiyatni bajarmaganlar 339 yevrogacha jarima to‘laydi.

Maxsus “klinika”

Avvalroq The Telegraph nashri Eronda hijob o‘rash qoidalarini buzgan ayollar uchun maxsus “klinika” ochilishi haqida xabar bergan edi. Rasmiy ravishda “hijobni yechishni rad etish klinikalari” deb nomlangan bu muassasalar diniy qoidalarga amal qilmaydigan ayollar va o‘smirlarga ruhiy yordam ko‘rsatadi.

Ezgulikni targ‘ib qilish va illatlarning oldini olish shtabining Xotin-qizlar va oila bo‘limi boshlig‘i Mehri Tolebiyga ko‘ra, davolanish ixtiyoriy bo‘ladi. Bunday markazlarning asosiy maqsadi — qo‘llab-quvvatlash va “ilmiy” davolash orqali eronlik ayollarning “qadr-qimmatini va kamtarligini tiklash”.