$
 12670.05
37.83
 13560.75
82.17
 138.00
3.61
weather
+26
Кечаси   +14°

“Toza havo”dan o‘tolmagan haydovchilar jarima to‘lamoqda

mashina jarima maydonchasi shtrafnoy

Xabaringiz bor, yurtimizda “Toza havo” oyligining birinchi bosqichi o‘tkazilmoqda. Ushbu oylik doirasida jami 200 000 ta avtotransport vositalarini ekologik nazoratdan o‘tkazish rejalashtirilgan bo‘lib, transport vositasi havoni meʼyoridan ortiq ifloslantirayotgan haydovchilar jarimaga tortilmoqda.

Ekologiya, atrof-muhitni himoya qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining maʼlum qilishicha, 10-apreldan hozirgi kunga qadar 58 ming 822 ta avtomobil ekologik nazoratdan o‘tkazildi.

50,1 mln so‘m jarima

Tadbir davomida 518 ta transport vositasi atmosferaga meʼyoridan ortiq zararli moddalar chiqarayotganligi aniqlandi. Holatlar yuzasidan jami 303 nafar haydovchiga nisbatan MJtKning tegishli moddalari bilan jami 50,1 mln so‘m jarima qo‘llanildi. Shuningdek, 222 ta transport vositasining harakati vaqtincha to‘xtatildi.

O‘zi bu qanday tadbir?

“Toza havo” oyligi “Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida” hamda “Ekologik nazorat to‘g‘risida”gi qonunlar ijrosini taʼminlash maqsadida 2 bosqichda o‘tkaziladi. Birinchi bosqich 10-apreldan 10-maygacha, ikkinchi bosqich 10-avgustdan 10-sentyabrgacha (Toshkent shahrida 10-sentyabr — 10-oktyabr) davom etadi. 

Ushbu oylik texnika vositalaridan atmosfera havosiga meʼyoridan ortiq zararli tashlamalar chiqarilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida doimiy tarzda o‘tkazib kelinmoqda.  

Xususan, o‘tgan 2023-yilda 318 556 ta avtotransport vositasi ekologik nazoratdan oʻtkazilgan va atmosferaga jami 209 232 tonna ifloslantiruvchi moddalar chiqarilishining oldi olingan.