$
 12198.28
-30.3
 14241.49
-41.49
 156.57
0.61
weather
+26
Кечаси   +14°

Endi qoidabuzarlik to‘g‘risidagi ma’lumot 2 kun ichida YHXBga kelib tushmasa, jarima bekor qilinadi

radar

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ-985-son, 28.10.2024 y.) bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

48 soat ichida yuborilmagan yo‘l qoidabuzarliklari bo‘yicha ish yuritilmaydi

Unga ko‘ra, yo‘llarda harakat xavfsizligini ta’minlash yanada kuchaytiriladi. Xususan, kichik hajmli elektr dvigatelli transport vositalarini va individual harakatlanish vositalarini boshqarish vaqtida sodir etilgan huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlikni belgilashni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Shuningdek, maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan yo‘l harakati qoidalari buzilishi to‘g‘risidagi ma’lumot jarima solish haqida qaror chiqarishga vakolatli bo‘lgan shaxsga 48 soat ichida yuborilmagan taqdirda, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida ish yuritilmasligi belgilanmoqda.

Tez tibbiy yordam hamda yong‘in-qutqaruv mashinalariga ham ma’muriy ish belgilanmaydi

Bundan tashqari, tez tibbiy yordam hamda yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari transport vositalaridan foydalangan holda sodir etilgan qoidabuzarliklar yuzasidan ma’muriy ishlarni ortiqcha qog‘ozbozlikni bartaraf etish maqsadida tugatish tartibi joriy etilishi belgilanmoqda.