Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 85 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
🌤 +23° kechasi +9°

50 foiz fuqarolik jamiyati tashkilotlari muammolarga duch kelmoqda

Asosiy masala ayollar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga huquqiy xizmatlar ko‘rsatishda moliyaviy cheklovlar bo‘lmoqda.

1 daqiqa o‘qiladi

50 foiz fuqarolik jamiyati tashkilotlari muammolarga duch kelmoqda

BMTning Taraqqiyot dasturi O‘zbekiston fuqarolik jamiyati tashkilotlari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rov natijalarini e’lon qildi. Mazkur so‘rovda, zaif qatlamdagi aholini qo‘llab-quvvatlashdagi muammolarni o‘rganish maqsad qilingan. Tadqiqot natijalarini mutaxassis Gulnoza Ahmedova taqdim etdi.

50 foizida muammo bor

Unga ko‘ra, O‘zbekistonning 50 foiz fuqarolik jamiyati tashkilotlari ayollar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga huquqiy xizmatlar ko‘rsatishda moliyaviy cheklovlarga duch kelmoqda.

Qayd etilishicha, fuqarolik jamiyati tashkilotlari tomonidan tilga olingan boshqa muammolar orasida xodimlar yetishmasligi va huquqiy muammolar mavjud.

Zaif qatlamdagi aholiga xizmat ko‘rsatish

Fuqarolik jamiyatining salohiyatini kengaytirish uchun, notijorat tashkilotlariga zaif qatlamdagi aholiga xizmat ko‘rsatish funksiyalarini taqdim etish tavsiya etiladi.

Takidlanishicha, faol fuqarolik tashkilotlarining salohiyatini oshirish uchun, zaif holatdagi O‘zbekistonda yashovchi fuqarolarni himoya qilishga qaratilgan targ‘ibot kompaniyalarini kengaytirish lozim.