Aholidan jadidlarga tegishli materiallar, ashyolar va noyob suratlar xarid qilinadi
“Jadidlar merosi davlat muzeyini tashkil etish to‘g‘risida”gi Prezident Qarori qabul qilindi
1 daqiqa o‘qiladi

Mirziyoyev “Jadidlar merosi davlat muzeyini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarorni qabul qildi.
“Milliy merosga mening hissam” umumxalq aksiyasi
Unga ko‘ra, “Milliy merosga mening hissam” umumxalq aksiyasi doirasida aholidan jadidlik harakatiga oid tarixiy materiallar, ashyolar, noyob suratlar Muzey uchun xarid qilinadi.
Yig‘ilgan ashyolar eksponat vazifasini bajaradi
Aholidan yig‘ilgan mazkur ashyolar yuqoridagi qaror bilan Buxoro shahridagi Hovli Poyon majmuasida tashkil etiladigan Jadidlar merosi davlat muzeyiga joylashtiriladi.
Muzeyning qo‘shimcha faoliyati
Shuningdek, jadidlik harakatiga oid mamlakatimiz va xorijdagi turli manbalar va tarixiy hujjatlarni aniqlash, to‘plash, saqlash, o‘rganish, tiklash, nusxalash, e’lon qilish, ular asosida Muzey fondini boyitib borish va ekspozitsiyalarni yaratish, shuningdek, madaniy-ma’rifiy va ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshirish Muzey faoliyatining asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.
Import qilinadigan muzey ashyolari bojxona bojidan ozod qilinadi
Muzeyni tashkil etish uchun belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatlar bo‘yicha import qilinadigan muzey ashyolari va kolleksiyalari, kitob va qo‘lyozmalar, shuningdek, O‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan qurilish materiallari, asbob-uskunalar, butlovchi buyumlar, jihozlar, ehtiyot qismlar, metall konstruksiyalar, mebel va inventarlar 2025-yil 1-yanvargacha bojxona bojidan ozod etiladi.



