$
 11997.83
18.19
 13967.87
66.7
 167.31
-0.21
weather
+26
Кечаси   +14°

Ipak Yuli Bank islomiy moliyalashtirish liniyasini 75 mln dollargacha kengaytirdi

IYB

Ipak Yuli Bank Islom taraqqiyot banki guruhi (IsDB) tarkibiga kiruvchi Xalqaro Islom Savdo Moliyalashtirish Korporatsiyasi (International Islamic Trade Finance Corporation, ITFC) bilan hamkorlikni kengaytirmoqda. Imzolangan kelishuv doirasida moliyalashtirish liniyasining umumiy hajmi $75 000 000 gacha oshirildi. Jalb qilingan mablag‘lar shariat tamoyillariga muvofiq O‘zbekiston tadbirkorlarining savdo operatsiyalarini, avvalo kichik va o‘rta biznes korxonalarini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi.

Jalb qilingan mablag‘lar hisobidan Ipak Yuli Bank mijozlarining tashqi savdo operatsiyalarini, shuningdek respublika ichidagi xaridlarni — xomashyo, uskunalar, butlovchi qismlar va tovarlarni sotib olishni moliyalashtirishi mumkin bo‘ladi.

Moliyalashtirish “Murabaha” islomiy savdo moliyalashtirish instrumenti asosida amalga oshiriladi. Ushbu instrument tadbirkorlarga aniq savdo shartnomalari asosida maqsadli mablag‘larni olish imkonini berib, xorijiy va mahalliy yetkazib beruvchilar bilan hisob-kitoblarning shaffofligi va prognoz qilinishini oshiradi.

Moliyalashtirish liniyasi hajmining oshirilishi Ipak Yuli Bank va ITFC o‘rtasidagi uzoq muddatli hamkorlikni mustahkamlaydi hamda O‘zbekistonda islomiy moliyaviy mahsulotlarga bo‘lgan talab ortib borayotganini aks ettiradi.

Kengaytirilgan moliyalashtirish liniyasi tadbirkorlarning savdo operatsiyalarini qo‘llab-quvvatlashni rivojlantirishga, eksportni diversifikatsiya qilishga, import o‘rnini bosuvchi ishlab chiqarishlarni rivojlantirishga va o‘zbek biznesining xalqaro savdo oqimlariga integratsiyasiga xizmat qiladi.

Mazkur kelishuvni amalga oshirish xususiy sektor rivoji va mamlakatning barqaror iqtisodiy o‘sishiga hissa qo‘shadi.

ITFC haqida

Xalqaro Islom Savdo Moliyalashtirish Korporatsiyasi (ITFC) — 2008-yildan buyon faoliyat yuritib kelayotgan, bosh qarorgohi Saudiya Arabistonining Jidda shahrida joylashgan Islom taraqqiyot banki guruhi (IsDB) tarkibidagi avtonom tashkilotdir. Korporatsiya IsDB guruhining savdo moliyalashtirish operatsiyalarini birlashtiradi va Islom hamkorlik tashkiloti (OIC)ga a’zo mamlakatlar uchun savdo moliyalashtirish yechimlarining yetakchi ta’minotchilaridan biri hisoblanadi. ITFCning asosiy vazifasi OIC mamlakatlari o‘rtasidagi savdoni rivojlantirish va ularning savdo salohiyatini oshirishdan iborat.

Ipak Yuli Bank haqida

1990-yilda mustaqil O‘zbekistonning birinchi xususiy banki sifatida tashkil etilgan Ipak Yuli Bank bugungi kunda 4,5 milliondan ortiq mijozlarga xizmat ko‘rsatadi hamda chakana, korporativ va investitsion mahsulotlarning keng turini taklif etadi.

Bank tomonidan 6 milliondan ortiq karta chiqarilgan bo‘lib, u mamlakat bo‘ylab 900 dan ziyod bankomat va 20 000 ta POS-terminal tarmog‘iga ega.

Ipak Yuli Bank O‘zbekiston bank sektoridagi raqamli transformatsiya yetakchilaridan biri bo‘lib, mijozlar tajribasi, innovatsiyalar va barqaror rivojlanishga alohida e’tibor qaratadi. Bank ESG tamoyillariga amal qiladi, We-Finance kodeksini imzolagan hamda ISO 9001 va ISO 14001 xalqaro sertifikatlariga ega.

Bank aksiyadorlari qatoridan DEG va Triodos Investment Management o‘rin olgan.

Bankning ishonchliligi Fitch Ratings va Moody’s xalqaro reytinglari, shuningdek Asian Development Bank’ning Trade and Supply Chain Finance Program dasturidagi Confirming Bank maqomi bilan tasdiqlangan.

So‘nggi yillarda Ipak Yuli Bank raqamli innovatsiyalar, mijozlar tajribasi, kartalar biznesi va barqaror rivojlanish yo‘nalishidagi yutuqlari uchun Visa, Mastercard, Uzcard hamda YTTB tomonidan qator xalqaro mukofotlarga sazovor bo‘lgan.

Ipak Yuli Bank — Katta maqsadlar sari

Reklama huquqlari asosida