$
 12208.08
32.74
 14116.20
52.46
 155.00
0.71
weather
+26
Кечаси   +14°

10 million dollardan ortiq eksport qilgan IT-rezidentlar foyda solig‘idan ozod qilinadi

IT park dasturchi

“Raqamlashtirish sohasida eksport faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF-157-son, 14.10.2024 y.) qabul qilindi.

IT-park rezidentlari uchun yangi faoliyat yo‘nalishlari

Farmonga ko‘ra, IT-park rezidentlariga quyidagi qo‘shimcha faoliyat turlari bo‘yicha xizmat ko‘rsatishga ruxsat beriladi:

– axborot texnologiyalari sohasida tashkil etiladigan ta’lim xizmati doirasida, ingliz tili bilan bir qatorda boshqa xorijiy tillarni ham o‘qitish;

– internet orqali axborot xizmatlarini eksport qilish faoliyati doirasida, biznes-jarayonlar autsorsingi yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim faoliyatini amalga oshirish;

– internet orqali bilim jarayonlari autsorsingi (Knowledge Process Outsourcing) xizmatlarini xorijiy davlatlarga eksport qilish.

Soliq imtiyozlari

2025-yil 1-fevraldan 2030-yil 1-yanvargacha eksport xizmatlari hajmi kalendar yil davomida 10 million AQSH dollaridan oshgan IT-park rezidentlariga axborot texnologiyalari sohasidagi xizmatlarini ko‘rsatgan, O‘zbekiston bilan ikkiyoqlama soliqqa tortishning oldini olish to‘g‘risida bitim tuzilmagan davlatlarning yuridik shaxslari ushbu kalendar yil yakunigacha foyda solig‘idan ozod etiladi.

2025-yil 1-fevraldan 2040-yil 1-yanvargacha jami daromadi tarkibida eksporti hajmi 50 foizdan ortiq bo‘lgan IT-park rezidentlarining ta’sischilari (ishtirokchilari) – O‘zbekiston norezidentlari bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslarning dividendlar tarzidagi daromadlariga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i hamda foyda solig‘ining 5 foiz stavkasi tatbiq etiladi.

Ayrim IT-park rezidentlari uchun soliq va bojxona imtiyozlari uzaytiriladi

Farmonga ko‘ra, 2028-yil 1-yanvardan 2040-yil 1-yanvargacha quyidagi mezonlardan biriga to‘g‘ri keladigan IT-park rezidentlari uchun Prezident Farmonida belgilangan soliq va bojxona imtiyozlari uzaytiriladi (QQS bundan mustasno):

- kalendar yil davomida jami daromadi tarkibida IT-park rezidentlari tomonidan amalga oshirishga ruxsat etilgan faoliyat turlari bo‘yicha eksporti hajmi 50 foizdan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar;

- kalendar yil davomida 18 yoshdan oshgan bitiruvchilarining 50 foizdan ortiq qismi IT-park rezidenti bo‘lgan eksportchi korxonalarga ishga joylashgan IT-ta’lim xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar.

Sohada o‘zini-o‘zi band qilganlar qo‘llab-quvvatlanadi

2025-yil 1-apreldan OTMlarning axborot texnologiyalari sohasidagi fan nomzodi, falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajasiga ega bo‘lgan xorijlik professor-o‘qituvchilariga ham “IT-visa” beriladi.

2028-yil 1-yanvargacha Raqamli texnologiyalar sohasida o‘zini-o‘zi band qilgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash dasturi amalga oshiriladi.