$
 12857.35
22.74
 14672.81
10.55
 163.45
0.8
weather
+26
Кечаси   +14°
powerads

O‘zbekistonda IT sohasini o‘rganmoqchi bo‘lgan yoshlar uchun qanday imkoniyat va imtiyozlar mavjud?

IT park dasturchi

AOKAda Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi rahbariyati ishtirokidagi matbuot anjumanida IT ta’lim olishda davlat tomonidan taqdim etilayotgan imkoniyat va imtiyozlar haqida ma’lumot berildi.

“IT-iste’dod” dasturidan maqsad nima?

Ayni vaqtda respublikada 600 dan ortiq IT ta’lim markazlarida 65 ming nafardan oshiq yoshlar tahsil olmoqda. Biroq shu vaqtga qadar mazkur o‘quv markazlari sifati so‘roq ostida qolib kelgan. IT ta’lim markazlari faoliyat natijadorligini doim ham bitiruvchilarining ishga kirganlik darajasi bilan bog‘lay olmagan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-fevraldagi “Raqamlashtirish sohasida malakali mutaxassislar tayyorlash faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi va “IT-xizmatlar eksporti yo‘nalishi bo‘yicha malakali mutaxassislarni tayyorlash faoliyatini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” Vazirlar Mahkamasi qaroriga ko‘ra, joriy yildan boshlab “IT-iste’dod” dasturi kuchga kirdi.

“IT iste’dod” dasturi – IT-park rezidenti bo‘lgan IT-xizmatlarni eksport qiluvchi kompaniyalarga yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlab beruvchi nodavlat ta’lim tashkilotlari faoliyatini rivojlantirish hamda kengaytirishni rag‘batlantirishga qaratilgan loyiha sanaladi.

IT uchun subsidiyalar

Qarorga ko‘ra, nodavlat ta’lim tashkilotlari bitiruvchisi IT-xizmatlarni eksport qiluvchi tashkilotga ishga joylashganda bazaviy hisoblash miqdorining 75 baravarigacha ya’ni 25 milliongacha, nogironligi bo‘lgan yosh bitiruvchisi ishga joylashganda esa 105 baravarigacha ya’ni 35 milliongacha bir martalik subsidiya ajratiladi.

IT-Park rezidenti bo‘lgan nodavlat ta’lim tashkilotlariga subsidiya berish uchun maxsus axborot tizimi (crm.digital.uz) yaratilgan bo‘lib, joriy yilning mart oyida ishga tushirildi. Bugungi kunga kelib, ushbu maxsus axborot tizimidan 485 dan ziyod ta’lim rezidentlari ro‘yxatdan o‘tgan hamda o‘zlarining 1 281 ta o‘quv kursi bo‘yicha ma’lumotlarni kiritgan. Ushbu kurslarni 26 800 ta o‘quvchilar muvaffaqiyatli bitirgan va hozirgi kunda 5 600 nafardan ziyod o‘quvchilar ta’lim olib kelmoqda. Bitiruvchilarning 11 000 nafardan ziyodi ish bilan ta’minlangan bo‘lib, ulardan 467 nafari IT-xizmatlarni eksport qiluvchi tashkilotlarda ishlamoqda.

Subsidiya olish tartibi

Subsidiya olish uchun o‘quv markazi dastlab o‘z talabalari haqida ma’lumotni CRM sistemaga joylashtiradi. O‘quv markazning IT yo‘nalishidagi kursini tamomlagan bitiruvchisi uch oy muddatda IT-xizmatlarni eksport qiluvchi tashkilotga ishga joylashib uzliksiz olti oy ishlashi kerak.

Shuningdek, bitiruvchi ishga kirgan IT-xizmatlarni eksport qiluvchi tashkilot rezident maqomini olganiga olti oydan oshgan bo‘lishi hamda bitiruvchi ishga kirgan kompaniyaning yillik eksport xizmatlari hajmi xodimlarga to‘langan umumiy yillik ish haqi miqdoridan kam bo‘lmasligi talab etiladi. Shundan so‘ng, o‘quv markazi tomonidan yagona interaktiv davlat xizmatlari orqali ariza yuboriladi va 15 ish kuni ichida subsidiya hisob raqamiga tushirib beriladi.

IT o‘quv markazlari reytingi

Bu qaror o‘quv makrazlari o‘rtasida o‘ziga xos chellenj vazifasini o‘taydi. Boisi CRM tizimi orqali endilikda IT markazlari faoliyati xolis baho beruvchi ko‘rsatkich ya’ni ishga kirganlikni o‘lchovchi tizim mavjud. O‘quv markazlari o‘z dasturlarini xalqaro bozor talablaridan kelib chiqib qayta ko‘rib chiqishlari va tayyorlayotgan mutaxassislarni eksport qiluvchi IT kompaniya talablari darajasiga olib chiqishlari uchun davlat tomonidan berilayotgan rag‘bat bor.

Dasturning aholiga bergan qulaylilaridan biri endlikda ota-onalar bergan ta’lim sifatiga bitiruvchilaring ishga kirganlik darajasi bilan kafolat bera oladigan o‘quv markazlarini tanlay oladilar. IT o‘quv markazlari reytingi bitiruvchilarining eksport qiluvchi hamda mahalliy IT kopmaniyalarga ishga kirganlik natijasiga ko‘ra real vaqt rejimida o‘zgarib turadi. CRM ma’lumotlariga ko‘ra, platformadan ro‘yatdan o‘tgan 420dan ortiq o‘quv markazlarining 11 000 dan ziyod o‘quvchilari rasmiy ish joyiga ega bo‘lgani aniq bo‘ldi.

Xususiy IT ta’lim markazlari qanday qo''llab-quvvatlanmoqda?

Xususiy IT ta’lim markazlarini qo‘llab-quvvatlash orqali 2030-yilgacha IT ta’lim markazlari sonini 1 mingtaga, undagi o‘quvchilar sonini esa 108 mingga yetkazish kutilmoqda. IT-iste’dod dasturi muvaffaqiyatli amalga oshsa, Raqamli texnologiyalar vazirligi 2030-yilgacha oldiga qo‘ygan IT da band bo‘lgan yoshlar sonini 300 ming nafarga yetkazish hamda IT eskporti hajmini 5 milliardga chiqarishdan iborat vazifani uddalashga xizmat qiladi.

Sohani o'rganmoqchi bo'lgan yoshlar uchun qanday imtiyozlar mavjud?

Yoshlarni IT ta’lim olishga rag‘batlantirish hamda sohada iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasida davlatimiz tomonidan berilayotgan imtiyozlarning yana biri sifatida 31 yoshgacha bo‘lgan yoshlarning IT sertifikatni olish va o‘qish uchun sarflagan xarajatlarini qoplab berish mexanizimining joriy etilganligi deb aytish mumkin. 

2022-yildan boshlab Xalqaro IT sertifikatni qoʻlga kiritgan 14 yoshdan 31 yoshgacha boʻlgan yoshlarga sarflagan xarajatlarining 50% gacha boʻlgan qismi kompensatsiya shaklida toʻlab berilgan. 2024-yil 17-fevraldagi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 95-son qarorlariga muvofiq, endilikda IT sertifikatni olishga boʻlgan xarajatlarining 60% gacha qismini kompensatsiya qilib olish imkoniyati yaratildi. Agar xalqaro IT sertifikatga qoʻshimcha xalqaro til bilish sertifikati boʻlsa, sarflangan xarajatlarni 100% qaytib olish mumkin. 2024-yil hozirgi kunga qadar 750 nafarga yaqin yoshlarning 2.6 mlrd. so‘mga yaqin miqdoridagi xalqaro IT-sertifikat uchun sarf qilingan xarajatlari qoplab berildi. Bugunga qadar ushbu imtiyozdan foydalangan yoshlar 2 091 nafarni tashkil qiladi.