$
 12171.61
-24.39
 14117.85
-23.41
 149.80
-1.94
weather
+26
Кечаси   +14°

Oʻzbekistonda isteʼmolchilar huquqlari qanday himoyalanmoqda?

Iste

Raqobat qoʻmitasining xabar berishicha, 2024-yil davomida 30 mingdan ortiq murojaatlar qabul qilindi, ulardan 80% qanoatlantirildi. O‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida iste’molchilarga 157,3 milliard so‘m mablag‘ qaytarildi va 10 millionga yaqin iste’molchilarning huquqlari tiklandi. 

Murojaatlar bo‘yicha umumiy natijalar

Qayd etilishicha, 2024-yil davomida jami 30 mingdan ortiq murojaatlar qabul qilindi. Ushbu murojaatlarning 80 foizi qanoatlantirildi, 9,6 foiziga tushuntirish berildi. Qolgan murojaatlarning 7 foizi hozirda ko‘rib chiqilayotgan bo‘lsa, 3,4 foizi vakolatli idoralarga yuborilgan.

 Sohalar bo‘yicha murojaatlar taqsimoti

Murojaatlarning eng katta qismi uy-joy kommunal va transport xizmatlariga to‘g‘ri kelib, umumiy ulushi 42,9 foizni tashkil etdi. Shuningdek, 33 foiz murojaatlar savdo, umumiy ovqatlanish va turizm sohalariga tegishli bo‘ldi. Moliyaviy, ijtimoiy va aloqa xizmatlariga oid murojaatlar 20,9 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 3,2 foiz murojaatlar reklama va boshqa sohalarga taalluqli bo‘ldi.

O‘rganishlar natijalari

324 ta o‘rganish o‘tkazilib, natijada iste’molchilarning huquqlarini tiklash bo‘yicha muhim natijalarga erishildi. Ushbu o‘rganishlar davomida 10 millionga yaqin iste’molchilarning huquqlari tiklandi. Bundan tashqari, iste’molchilarga 176 milliard so‘m zarar yetkazilgani aniqlanib, ushbu summaning 157,3 milliard so‘mi qaytarildi.

Reklama sohasidagi nazorat

Reklama sohasida 37.5 mingdan ortiq reklama o‘rganildi va 14 mingdan ziyod kamchiliklar aniqlandi. 3 mingdan ortiq reklama eskizlari ekspertiza va tahlil qilindi, shundan 543 tasi qonunchilik talablariga nomuvofiq deb topildi. 

Iste’molchilarning huquqiy savodxonligini oshirish

Huquqiy savodxonlikni oshirish maqsadida bir qator muhim ishlar amalga oshirildi. Jumladan, 1790 ta material va huquqiy axborot ommaviy axborot vositalarida e’lon qilindi. Shuningdek, 426 ta maxsus tadbir tashkil etilib, ularga 18 mingdan ortiq ishtirokchilar jalb qilindi.

 Sifat nazorati bo‘yicha ishlash

Nazorat xaridlari davomida 560 ta mahsulot tekshirilgan bo‘lib, ushbu mahsulotlarning 449 tasi normativ-texnik hujjatlarga mos deb topildi. Biroq, 111 ta mahsulot belgilangan hujjatlar talablariga nomuvofiq deb baholandi.

Normativ-huquqiy bazani takomillashtirish

Yil davomida normativ-huquqiy hujjatlar bazasini takomillashtirish bo‘yicha muhim ishlar amalga oshirildi. Xususan, 10 ta yangi normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqildi. Shuningdek, 44 ta hujjat loyihasi baholanib, ularning iste’molchilarga ta’siri o‘rganildi va tegishli takliflar kiritildi.

Теги :
Jamiyat