$
 12175.34
4.67
 14063.74
15.14
 154.29
1.99
weather
+26
Кечаси   +14°

Issiqlik va issiq suv narxlari oshirilishining sababi ochiqlandi

issiqlik

Shu yilning 12-sentyabrida Xalq deputatlarining Toshkent shahar Kengashi tomonidan aholi va yuridik shaxslar (byudjet tashkilotlari bundan mustasno) uchun tariflarni 15 foizga oshirish toʻgʻrisidagi taklif ma'qullandi.

Issiq suv ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan energiya resurslari

"Veolia Energy" kompaniyasi axborot xizmati ma'lum qilishicha, tariflarning oshishiga issiqlik va issiq suv ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan energiya resurslari – gaz va elektr energiyasi narxlarining oshishi ta'sir koʻrsatdi.

Oraliq bosqich

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining qarori — yangi tarifni tasdiqlash va qoʻllash boʻyicha oraliq bosqich hisoblanadi. Keyingi qadamlar:

1. Kengashning qarori koʻrib chiqish uchun Toshkent shahar hokimiga yuboriladi.

2. Hokim qarorining loyihasi tanishish va jamoatchilik muhokamasi uchun www.regulation.gov.uz portalida e'lon qilinadi. Muhokama muddati — 15 kun.

3. Yakuniy qarorni Toshkent shahar hokimi imzolaydi. Tariflar mazkur qaror e'lon qilingan kundan boshlab 15 kun oʻtgach kuchga kiradi.

Tariflar qachondan kuchga kiradi?

Tariflarning kuchga kirish sanasi"Veolia Energy" kompaniyasining rasmiy resurslarida va ommaviy axborot vositalarida e'lon qilinadi.

"Biz tariflarning oshirilishi katta yuklama ekanligini tushunamiz. Ammo Veolia Energy Tashkent kompaniyasi hamma kabi tannarximizni tashkil etuvchi energiya narxiga bogʻliqligini inobatga olishingizni soʻraydi. Tariflarni oshirish majburiy qadamlardan biri. Biz iqtisodiy voqelik va fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash oʻrtasidagi muvozanatni saqlab qolish uchun imkonimiz doirasidagi barcha choralarni amalga oshirmoqdamiz", - deyiladi bayonotda.

Avvalroq, Toshkentda aholi uchun issiqlik va issiq suv narxlari 1 Gkal uchun 121 617 so‘m etib oshirilishi rejalashtirilgani haqida xabar qilgan edik