O‘zbekistonda sanoat sohasida ishlovchilarga qancha ish haqi hisoblandi?
Soliq qo‘mitasining hisobotiga ko‘ra, sentyabr oyida sanoat sohasida rasmiy ravishda 772,4 ming kishi band bo‘lgan.
1 daqiqa o‘qiladi

Soliq qo‘mitasining hisobotiga ko‘ra, sentyabr oyida sanoat sohasida rasmiy ravishda 772,4 ming kishi band bo‘lgan:
336 ming kishi 3-10 mln. so‘mgacha ish haqi olgan;
287,8 ming kishi — MHTEKM (sentyabr oyida 1 050 000 so‘m) dan 3 mln. so‘mgacha olgan.
Shuningdek, 425 kishi oyiga 100 mln. so‘mdan ortiq daromad olgan. Deyarli 7 ming ishchiga 262 500 so‘mgacha (MHTEKMning 25%idan kam) ish haqi hisoblangan. Bitta xodimga o‘rtacha ish haqi — 5 mln. so‘m.
Hududlarda qancha hisoblandi?
Respublika bo‘yicha eng yuqori ish haqi Navoiy viloyatida - o‘rtacha 8,9 mln. so‘m.
Toshkentda — 5,8 mln. so‘m;
Toshkent viloyatida — 5,1 mln. so‘m;
Andijon viloyatida — 4,6 mln. so‘m;
Qoraqalpog‘istonda — 4,5 mln. so‘m.
Eng past ish haqlari:
Xorazm viloyatida — 2,5 mln. so‘m;
Namangan viloyatida — 2,3 mln. so‘m.
Sanoat sohasida ro‘yxatdan o‘tgan korxonalar
Ma’lumot uchun, 2024-yil 1-avgust holatiga sanoat sohasida ro‘yxatdan o‘tgan korxonalar soni 112 563 tani tashkil etgan.
Ularning so‘nggi yillarning mos davrlaridagi dinamikasi quyidagicha:
2020-yilda – 82 278 ta;
2021-yilda – 96 392 ta;
2022-yilda – 101 547 ta;
2023-yilda – 108 823 ta;
2024-yilda – 112 563 ta.



