Sentyabr oyining II yarmi uchun jami 7 591,5 mlrd. so‘mlik ish haqi to‘landi
Oʻzbekiston iqtisodiyot va moliya vazirligi 2024-yil sentyabr oyining II yarmi ish haqi uchun toʻlab berilgan toʻlovlar toʻgʻrisida ma’lumot berdi.
2 daqiqa o‘qiladi

Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi tomonidan byudjet tashkilotlarida ishlovchi xodimlarga byudjet mablag‘lari hisobidan 2024-yil sentyabr oyining II yarmi uchun jami 7 591,5 mlrd. so‘mlik ish haqi to‘lab berildi.
G‘aznachilik xizmati qoʻmitasi va uning hududiy bo‘linmalarida byudjet tashkilotlari tomonidan ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar uchun yakuniy hisob-kitoblar bo‘yicha taqdim etilgan so‘rovnomalarga asosan to‘lab berilishi ta’minlanayotgani qayd etildi.
Hududlar kesimida:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi - 425,2 mlrd. soʻm(5,6%);
Andijon viloyati - 550,2 mlrd. soʻm(7,2%);
Buxoro viloyati - 450,6 mlrd. soʻm(5,9%);
Jizzax viloyati - 305,4 mlrd. soʻm(4,0%);
Qashqadaryo viloyati - 535,6 mlrd. soʻm(7,1%);
Navoiy viloyati - 297,2 mlrd. soʻm(3,9%);
Namangan viloyati - 505 mlrd. soʻm(6,7%);
Samarqand viloyati - 672,5 mlrd. soʻm(8,9%);
Surxondaryo viloyati - 471,4 mlrd. soʻm(6,2%);
Sirdaryo viloyati - 213,1 mlrd. soʻm(2,8%);
Toshkent viloyati - 508,3 mlrd. soʻm(6,7%);
Fargʻona viloyati - 696 mlrd. soʻm(9,2%);
Xorazm viloyati - 344,6 mlrd. soʻm(4,5%);
Toshkent shahri - 1 616 mlrd. soʻm(21,3%).
Sohalar kesimida eng koʻp oylik olgan xodimlar
Hisob–kitoblarga ko‘ra, davlat byudjetidan maktab xodimlariga 2 661mlrd. soʻm, sog‘liqni saqlashga 1 554,6 mlrd. soʻm, maktabgacha taʼlimga 480,1 mlrd. soʻm, oliy taʼlimga 118,7 mlrd. soʻm to‘langan. Boshqa sohalarga esa jami 2 777,1 mlrd. soʻm yo‘naltirilgan. To‘lovlarning 4 618,9 mlrd. soʻmi (60,8%) respublika, 2 972,6 mlrd. soʻmi (39,2%) mahalliy byudjet hisobidan amalga oshirilgan.



