$
 12998.91
13.9
 13439.57
154.61
 131.29
1.45
weather
+26
Кечаси   +14°

Ishga kirishdagi qog‘ozbozlikka chek qo‘yilib, ishga joylashish tartibi soddalashtirilmoqda

Ishga kirish

Oliy Majlis Senatining uchinchi yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun ko‘rib chiqildi.

Endi mehnat shartnomasini elektron tarzda rasmiylashtirish mumkin

Mazkur Qonun bilan O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat majmuida elektron shakldagi mehnat shartnomasini rasmiylashtirish tartibini joriy etishni, ish haqi saqlanmaydigan taʼtil davomiyligini belgilash tartibini va xodimning o‘rtacha ish haqini hisoblash tartibini o‘zgartirishni nazarda tutuvchi qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilmoqda.

Homiladorligi uchun ishdan bo‘shatishga taqiq joriy etilmoqda

Bundan tashqari, “Taʼlim to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq xodimlar kechki yoki sirtqi taʼlim shaklida o‘qishi mumkin bo‘lgan taʼlim tashkilotlarining turlarini aniqlashtiruvchi o‘zgartirishlar kiritilmoqda. Shuningdek, homiladorligi yoki farzandi borligi sababli xodimni ishdan bo‘shatishga taqiq joriy etilmoqda.

Ortiqcha qog‘ozbozliklar cheklanadi

Shu bilan birga, ishga qabul qilish chog‘ida shaxsning pasporti yoki ID-kartasini, mehnat daftarchasiga oid maʼlumotlarni talab qilmasdan, davlat organlari va tashkilotlari mustaqil ravishda, shu jumladan axborot tizimlaridagi idoralararo integratsiyalashuv platformalari orqali so‘rab olishi belgilanmoqda.

Mehnat sohasidagi munosabatlar elektron tizimga o‘tadi

Mazkur Qonun fuqarolarning mehnat huquqlari kafolatlari, mehnat sohasidagi munosabatlarning elektron tizimga o‘tishi taʼminlanishiga, davlat organlari va tashkilotlarida xodimni ishga qabul qilishda noqonuniy rad etish holatlari kamayishiga, shuningdek, ishga kirayotgan fuqarolardan ortiqcha hujjatlarni talab qilish kabi byurokratik to‘siqlar bartaraf etilishiga xizmat qiladi.

Muhokama yakunida mazkur Qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.

Теги :
Jamiyat