$
 12937.93
45.02
 14665.14
152.88
 161.10
0.76
weather
+26
Кечаси   +14°
powerads

O‘zbekistonda ish topish uchun qanday platformalar bor?

ish

Turli sohalar bo‘yicha vakansiyalar va ishlar platformalarga doimiy ravishda joylab borilmoqda. Quyida siz eng ishonchli platformalar bilan tanishib chiqib, ma’lumotga ega bo‘lishingiz mumkin.

IT market:

IT-kompaniyalar o‘z kompaniya porfoliosini va vakansiya joylashtirishlari hamda IT-sohasidagi buyurtmalarining ijrochisi bo‘lishlari, IT-mutaxassislar o‘z rezyumelarini yuklashlari va o‘zlariga mos ishni topishlari mumkin.

Platformaga havola:

Davlat xizmatchilari uchun:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali.

Platformaga havola:

Jobouz:

Bo‘sh ish o‘rni haqidagi e’lonni butun O‘zbekiston bo‘ylab nomzodlar auditoriyasiga yetkazishni ta’minlaydi. Nomzodlar bevosita ish beruvchi bilan bog‘lanishadi va ularning orasidan eng yaxshilarini shaxsan tanlab olish mumkin bo‘ladi.

Platformaga havola:

Tashkenthhuz:

Eng so‘nggi bo‘sh ish o‘rinlari, mehnat bozori yangiliklaridan tortib kadrlar bo‘limi mavzusida ekspertlar tahlillari va boshqa qiziqarli maqolalarni ham topish mumkin.

Platformaga havola:

UzJobs:

O‘zbekistondagi birinchi ish qidirish va ishga yollash saytlaridan biri. 19 yillik barqaror ish davomida UzJobs “Toshkent va O‘zbekistondagi ish o‘rinlari, rezyumelar, bo‘sh ish o‘rinlari” turkumidagi eng mashhur onlayn resursga aylangan.

Platformaga havola:

Flagmauz:

Platformaning asosiy maqsadi mutaxassislarga ish topish va o‘qitishda, kompaniyalarga esa malakali ishchi kadrlarni tanlash va ularning malakasini oshirishda yordam berishdan iborat.

Platforma vazifasi – har bir mijoz biznes va hayotda foydalanishi mumkin bo‘lgan qulay xizmatlar, vositalar va vakansiyalarni yaratishdir.

Platformaga havola:

IMIR JOBS:

Xaqaro mehnat, ish joylari bilan ta’minlash va ish beruvchilar uchun xodimlarni saralash agentligi 2016-yilda tashkil topgan. IMIR JOBS ish joylari bilan ta’minlash va xodimlarni saralab olish bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi o‘zbek kompaniyalari orasida barqaror yetakchi o‘rinni egallagan agentlik hisoblanadi.

Platformaga havola:

LinkedIn:

Raqamli soha vakillari uchun ideal platforma. Hozirda dunyo bo‘ylab 65 milliondan ortiq mutaxassis o‘zlarining shaxsiy brend va bizneslarini rivojlantirish uchun aynan shu platformadan foydalanadi. Platforma vakansiya berish uchun mukammal joy bo‘lib, unda har qanday kasb uchun vakansiya berish mumkin. LinkedIn orqali xalqaro yuqori o‘rindagi kompaniyalarga ham hujjat topshirsangiz bo‘ladi.

Platformaga havola:

Normauz:

NORMA kompaniyasi O‘zbekiston elektron mahsulotlar bozorida 1999-yildan beri faoliyat yuritadi, o‘zbek va rus tillarida huquqiy va iqtisodiy mavzularda elektron axborot qidiruv tizimlarini, kartografik asosda elektron ma’lumotnomalar, turli xil vakansiyalar taqdim etishga ixtisoslashgan.

Platformaga havola:

Smartstaff:

Ushbu platforma faoliyati davomida 200 dan ziyod odamlarga yordam bergan. Smartstaffning asosiy vazifasi mijozga inson resurslarini boshqarish va rivojlantirishda zarur biznes yechimlari va tirik tizimlarni taqdim etishdan iborat.

Platformaga havola: