$
 12874.02
12.77
 13558.92
-44.42
 128.21
-0.2
weather
+26
Кечаси   +14°

«Ipoteka-bank» ATIB aksiyadorlari diqqatiga!

bank

«Ipoteka-bank» ATIB aksiyadorlari diqqatiga! 

Toshkent shahar, Shahrisabz ko‘chasi, 30-uyda joylashgan «Ipoteka-bank» ATIB, 2024 yil

28 iyun kuni soat 1100 da, masofadan turib elektron ovoz berish xizmati orqali bank aksiyadorlarining yillik umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tishini ma’lum qiladi.

Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishi internet orqali onlayn rejimda, masofadan turib yig‘ilishni olib borish imkonini beruvchi http://evote.uz/ manzilidagi “eVOTE” – Elektron ovoz berish xizmati yordamida o‘tkaziladi. 

 YIG‘ILISh KUN TARTIBI:

1.     “Ipoteka-bank” ATIBning Sanoq komissiyasi a’zolari soni va shaxsiy tarkibini tasdiqlash hamda ularning vakolat muddatini belgilash.

2.     “Ipoteka-bank” ATIB Kuzatuv kengashining 2023 yil yakunlari bo’yicha hisobotini tasdiqlash.

3.     “Ipoteka-bank” ATIB Boshqaruvining 2023 yil yakunlari bo’yicha hisobotini tasdiqlash.

4.     “Ipoteka-bank” АTIB 2023 yil moliyaviy hisobotlarini auditorlik tekshiruvidan o’tkazish jarayonida yuzaga kelgan qo’shimcha ishlarga haq to’lashni tasdiqlash.

5.     2024 yil uchun “Ipoteka-bank” ATIB tashqi auditorini va unga to’lanadigan xizmat haqi miqdori chegarasini tasdiqlash.

6.     “Ipoteka-bank” ATIBning 2023 yil yakunlari bo’yicha olingan sof foydasini taqsimlash hamda imtiyozli aksiyalarga dividendlar to’lashni tasdiqlash.

7.     “Ipoteka-bank” ATIBning 2023 yil yakunlari bo’yicha yillik hisobotini tasdiqlash.

8.     “Ipoteka-bank” ATIBning afilliangan shaxslar bila kelgusida yillik aksiyadorlar umumiy yig’ilishigacha bo’lgan muddatga tuzishi mumkin bo’lgan bitimlarni tasdiqlash.

9.     Bankning kundalik ho’jalik faoliyati bilan bo’g’liq bitimlarini aniqlash.

10.  2024 yil uchun Bisnes rejasini tasdiqlash.

§ Aksiyadorlarni yillik umumiy yig‘ilish o‘tkazilishi haqida xabardor qilish uchun reestrni shakllantirish sanasi: 2024 yil 5 iyun.

§ Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishida ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlar reestrini shakllantirish sanasi: 2024 yil 24 iyun.

§ Aksiyadorlar yillik umumiy yig‘ilishga oid hujjatlar bilan bankning www.ipotekabank.uz korporativ veb-sayti, http://evote.uz/ platformasi orqali tanishishlari yoki cenbum@ipotekabank.uz elektron manzili orqali so‘rov yuborishlari mumkin.

Navbatdagi yillik umumiy yig‘ilishda ishtirok etish uchun aksiyadorlarni ro‘yxatdan o‘tkazish http://evote.uz/ saytida internet orqali ularning elektron ovoz berish xizmatidan foydalangan holda yig‘ilishda qatnashish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlar ro‘yxatiga kiritilganligi to‘g‘risida elektron xabarnoma olingan paytdan boshlab amalga oshiriladi. 

Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishida ishtirok etish shartlari bilan http://evote.uz/ manzili bo‘yicha elektron ovoz berish xizmati orqali (tel.:+998 90-006-77-44) tanishishingiz mumkin. 

Qo‘shimcha ma’lumotlar olish uchun telefon raqamlari: (78)147-67-17, 150-89-16.