$
 12705.79
59.23
 14704.41
243.07
 159.20
-1.68
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

Ipoteka Bank OTP Group tomonidan Ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining asosiy korpusi qabulxonasi yangilandi — zamonaviy darajadagi qulaylik va g‘amxo‘rlik

Ipoteka bank

Ipoteka Bank OTP Group tomonidan Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining asosiy korpusidagi qabul bo‘limini kapital ta’mirdan chiqardi. Bu muhim qadam samarali hamkorlik natijasi bo‘lib, fuqarolarimiz uchun tibbiy xizmatlar sifatini oshirishga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir.

Endilikda markazga tashrif buyuruvchilar zamonaviy kassalar va bankomatlar o‘rnatilgan yangilangan qabul bo‘limining qulayligi va moliyaviy amaliyotlarning zamonaviy imkoniyatlaridan foydalanishlari mumkin.  

Ushbu yangiliklar bemorlar va ularning yaqinlari uchun moliyaviy operatsiyalarni ancha osonlashtiradi, kutish vaqtini qisqartiradi va yuqori xizmat ko‘rsatish darajasini ta’minlaydi.

Ipoteka Bank OTP Group Filiallar tarmog‘i direktori Farhod Inoyatov bu borada:

“Biz uchun mijozlarimizning moliyaviy barqarorligini ta’minlash bilan birga, jamiyat taraqqiyotiga hissa qo‘shish birdek muhim. Biz tibbiyot markazi bilan hamkorlikda  markazga najot izlab kelgan har bir murojaat egasiga o‘zini e’tibor va g‘amxo‘rlikda his qilishi uchun zamin yaratdik. Ishonamizki, yangilangan qabul bo‘limi oilalar va bemorlar uchun ishonchli tayanchga aylanadi”, deya ta’kidladi.

Tibbiyot markazi rahbari Natalya Nadirxanova ham o’z fikrlarini bo’lishgan holda: “Ipoteka Bank OTP Groupning moliyaviy ko’magi bilan bemorlarga xizmat ko‘rsatish sharoitlari sezilarli darajada yaxshilandi. Yangi ta’mir va zamonaviy uskunalar tibbiy yordam sifatini oshirishga hamda bizga murojaat qilgan har bir inson uchun ishonch va osoyishtalik muhitini yaratishga imkon beradi.”

Ipoteka Bank OTP Group aholi sog‘ligi va farovonligini oshirishga xizmat qiluvchi ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni qo‘llab-quvvatlashda davom etmoqda.