$
 12140.91
17.53
 14053.10
-41.54
 149.41
0.22
weather
+26
Кечаси   +14°

Ipoteka Bank rekord talab bilan yevroobligatsiyalarni joylashtirdi

Ipotekabank yevroobligatsiya

AQSh dollari tranji yillik 6,45% kupon stavkasi bilan nominal qiymatda muvaffaqiyatli joylashtirildi — bu 2021-yildan beri CEEMEA mintaqasida (Markaziy va Sharqiy Yevropa, Yaqin Sharq va Afrika) o‘xshash kredit reytingiga ega moliyaviy institutlar tomonidan 300 million AQSh dollaridan ortiq hajmda chiqarilgan obligatsiyalar orasida eng past kupon stavkasi hisoblanadi. UZS (o‘zbek so‘mi)dagi tranji esa rekord darajadagi past – yillik 17,50% kupon stavkasi bilan joylashtirildi.

Har ikkala tranji ham dastlabki narx yo‘riqnomalariga nisbatan 37,5 bazaviy punktga pastroq darajada joylashtirildi. Bu, CEEMEA mintaqasida joriy yilda kuzatilgan eng katta spred qisqarishlaridan biri bo‘lib, investorlar tomonidan Ipoteka Bankka bo‘lgan yuqori talabni hamda O‘zbekiston kapitallar bozorining rivojlanish tarixi va istiqboliga nisbatan ortib borayotgan ishonchni yaqqol namoyon etadi.

Mazkur bitim orqali Ipoteka Bank OTP Group o‘z pozitsiyalarini yanada mustahkamladi, CEEMEA mintaqasida o‘xshash kredit reytingiga ega yetakchi moliyaviy institutlar safidan munosib o‘rin egalladi hamda xalqaro investorlar tomonidan O‘zbekiston kapitallar bozori salohiyatiga bo‘lgan ishonch ortib borayotganini yana bir bor tasdiqladi.

Bitimda J.P. Morgan, Citi, Société Générale va OTP Bank bosh koordinatsiya va joylashtirish jarayonlariga rahbarlik qilgan. Bank of China hamda Mashreq esa qo‘shma bukranner sifatida loyihaga jalb etilgan.

Mazkur emissiya nafaqat Ipoteka Bank OTP Group uchun muhim bosqich, balki xalqaro investorlarning O‘zbekiston iqtisodiy, shuningdek, biz tomonidan joriy etilayotgan yevropa standartlariga mos shaffoflik va operatsion mukammallikka bo‘lgan yuqori ishonchini yaqqol ifodalaydi.
Biz O‘zbekistonning boy tarixiy merosi va ulkan o‘sish salohiyatini ilg‘or xalqaro bank amaliyotlari bilan uyg‘unlashtira olganimizdan faxrlanamiz. Ushbu yutuq bizning strategiyamiz mustahkam asosga ega ekanini va investorlar tanlagan yo‘nalishimizga ishonch bildirayotganini tasdiqlaydi,

— Sandro Rtveladze, Ipoteka Bank OTP Group Boshqaruvi raisi

“Biz OTP Group tomonidan O‘zbekiston kabi noyob mamlakatning barqaror rivojlanayotgan iqtisodiyoti va izchil islohotlar jarayoniga sarmoya kiritish bo‘yicha qabul qilgan qaroridan faxrlanamiz.”
O‘zbekiston hukumati va Markaziy banki uzoqni ko‘zlab olib borayotgan rahbariyati orqali investorlar uchun shaffof, barqaror va prognoz qilinadigan biznes muhitini yaratishga erishdi. Ularning izchil sa’y-harakatlari korporativ va moliyaviy institutlarga xalqaro kapitallar bozoriga jahon standartlariga mos ravishda chiqish imkoniyatini ochib berdi.
Bugungi muvaffaqiyat nafaqat Ipoteka Bank OTP Group uchun muhim yutuq, balki O‘zbekistonning ortib borayotgan iqtisodiy salohiyati va mintaqadagi strategik ahamiyatini yaqqol ko‘rsatuvchi kuchli signal bo‘lib xizmat qiladi,

— Laslo Volf, OTP Bank bosh direktorining o‘rinbosari, Ipoteka Bank OTP Group Kuzatuv kengashi raisi

Men Ipoteka Bank OTP Group tarixidagi ushbu muhim bosqichning bir qismi bo‘lganimdan faxrlanaman. O‘zbekistonning sanoat va investitsion rivojlanishida ulkan salohiyat borligiga qat’iy ishonaman. Mamlakat hozirda jadal iqtisodiy transformatsiyani boshdan kechirmoqda va biz, o‘z korporativ mijozlarimizni ularning investitsion va strategik loyihalarida ishonchli tarzda qo‘llab-quvvatlab, ushbu jarayonga faol hissa qo‘shayotganimizdan mamnunmiz.
Bugungi bitim Ipoteka Bank OTP Group nafaqat mijozlari, balki butun O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun ishonchli tayanch bo‘lib xizmat qilayotganini yana bir bor tasdiqlaydi. Biz korporativ mijozlarimizning salohiyatiga to‘liq ishonamiz va ularni o‘sishning barcha bosqichlarida samarali qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz,

— Irakliy Elashvili, Ipoteka Bank OTP Group Boshqaruv raisi o‘rinbosari

Reklama huquqlari asosida