$
 12149.84
7.74
 14003.91
-76.07
 151.10
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

37 mingga yaqin fuqarolarga jami 9,9 trln. soʻm ipoteka kreditlari ajratildi

ipoteka

Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Markaziy bank boshqarma boshligʻi ishtirokida Nodir Komilov ma’lum qildi.

Ipoteka kreditlari ajratish tizimini takomillashtirishdagi qulayliklar

Oʻzbekistonda uy-joy bozorida amalga oshirilayotgan islohotlar aholining uy-joy bilan ta’minlash imkoniyatlarini kengaytirmoqda.

 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-apreldagi PF-70-son Farmoniga muvofiq aholiga ipoteka kreditlari ajratish tizimini takomillashtirish borasida qator qulayliklar yaratildi.

 Uy-joyning qiymati davlat dasturi doirasida ajratiladigan ipoteka kreditlarining yuqori qiymatidan oshganda, ya’ni Toshkent shahrida 420 mln. soʻmdan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda 330 mln. soʻmdan yuqori boʻlganda fuqarolar tijorat banklaridan bozor shartlari asosida ipoteka kreditlari olishi imkoniyatiga ega boʻldi.

 Birlamchi uy-joy bozoridagi kvartiralarni sotib olish uchun ipoteka kreditlarini ajratishda ipoteka krediti predmetini sugʻurta xavflaridan sugʻurta qilish talabi bekor qilindi.

 Mazkur tartibning joriy etilishi fuqarolarning ipoteka kreditlari orqali birlamchi bozordan kvartiralar sotib olish jarayonida oʻrtacha 4-5 mln. soʻm miqdoridagi sugʻurta xarajatlarini iqtisod qilishga asos boʻldi.

 Shu bilan birga, joriy yil 1-maydan boshlab dastur doirasida ipoteka kreditlari birinchi marta foydalanayotgan fuqarolarga ajratiladi.

 Bu, oʻz navbatida, uy-joyga haqiqiy ehtiyojmand aholining markazlashgan mablagʻlar hisobidan arzon ipoteka kreditlaridan foydalanish imkoniyatini oshiradi.

Ipoteka kreditlarini ajratish 2,2 barobarga oshgan

 Aholiga ajratiladigan ipoteka kreditlarini raqamlar misolida tahlil qilsak, joriy yilning oʻtgan 8 oyida 37 mingga yaqin fuqarolarga jami 9,9 trln. soʻm miqdoridagi ipoteka kreditlari ajratilib, joriy yil 1-sentyabr holatiga ularning qoldigʻi 63,6 trln. soʻmga yetdi yoki 2021-yil boshiga nisbatan 2,2 barobarga oshgan.

 Joriy yilda ajratilgan ipoteka kreditlarining 56 foizi (5,6 trln. soʻmi) markazlashgan mablagʻlar, 33 foizi (3,2 trln. soʻmi) bankning oʻz mablagʻlari, 11 foizi (1,1 trln. soʻmi) esa “Ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi” AJ mablagʻlari hisobidan ajratilgan ipoteka kreditlari hissasiga toʻgʻri keladi.

Bankning oʻz mablagʻlari hisobidan ajratilgan ipoteka kreditlari hajmi 34 foizgacha oshdi

 Tijorat banklarining koʻchmas mulk bozoridagi faolligi natijasida ularning oʻz mablagʻlari hisobidan ajratiladigan ipoteka kreditlari salmogʻi yil sayin oshib bormoqda.

 Xususan, 2020-yilda bankning oʻz mablagʻlari hisobidan ajratilgan ipoteka kreditlarining jami ajratilgan ipoteka kreditlaridagi ulushi 22 foizni (2 043 mlrd. soʻm) tashkil etgan boʻlsa, 2023-yil yakunida mazkur koʻrsatkich 34 foizgacha (5 717 mlrd. soʻm) oshgan. 

 Shuningdek, ajratilgan ipoteka kreditlari hajmida ikkilamchi bozorga yoʻnaltirilgan kreditlarning oʻsish tendensiyasi saqlanib qolayotganligini koʻrsatmoqda.

 Jumladan, ikkilamchi bozordan kvartiralar sotib olish uchun ajratilgan ipoteka kreditlarining jami ajratilgan ipoteka kreditlari hajmidagi ulushi 2020 yildagi 3 foizdan (268,4 mlrd. soʻm) 2023-yildagi 42 foizgacha (7 077mlrd. soʻmga) oʻsgan.

Ikkilamchi bozordan uy-joylar sotib olish uchun yoʻnaltirilgan 4,1trln. so‘m

 Joriy yilning yanvar-avgust oylarida ajratilgan jami 9,9 trln. soʻm miqdoridagi ipoteka kreditlarining 4,1 trln. soʻmi yoki 41 foizi ham ikkilamchi bozordan uy-joylar sotib olish uchun yoʻnaltirilgan.

 Shu bilan birga, samarali uy-joy islohotlarini aholiga ipoteka kreditlari ajratilishini qoʻllab quvvatlash birga, uy-joy qurilishini kengaytirishda ham koʻrishimiz mumkin.

 Uy-joy taklifini ragʻbatlantirish borasida 2020–2023-yillarda respublikada jami 328 mingta xonadonlar foydalanishga toshirilgan boʻlsa, 2024-yil davlat dasturi doirasida 101,7 mingta kvartiralar qurilishi belgilangan.

Ko‘p kvartirali uy-joylar qurilishi uchun ajratilgan kreditlar

 Soʻnggi 4 yil hamda joriy yil 8 oyida tijorat banklari tomonidan 145,5 ming xonadonli 2 986 ta koʻp qavatli uy-joylarning qurilishi uchun pudrat tashkilotlariga jami 7,5 trln. soʻm (shundan, 890 mlrd. soʻm joriy yil 8 oyida) miqdoridagi kreditlar ajratilgan.

 Joriy yilning 1-sentyabr holatiga ko‘ra, koʻp kvartirali uy-joylar qurilishi uchun ajratilgan kreditlarning umumiy qoldigʻi 2 804 mlrd. soʻmni tashkil etib, 2020-yil boshiga nisbatan 2,5 barobarga yoki 1 419 mlrd. soʻmga oshgan.

“Bundan tashqari Prezidnet rahbarligida joriy yil 23-sentyabrda oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida kafolatli “eskrou” tizimini yaratish topshirigʻi berildi. Mazkur topshiriq ham kelgusida uy-joy bozorini rivojlantirishga, xususan, quriladigan uy-joylarni arzon resurs bilan ta’minlash pirovardida uy-joylarning narxi arzonlashishiga oʻz ta’sirini koʻrsatadi”, – dedi Nodir Komilov.

Ko‘chmas mulk bozoridagi o‘sish

 Koʻchmas mulk bozorida amalga oshirilgan ishlar natijasida aholining uy-joy bilan ta’minlash darajasi sezilarli ravishda oshdi. Xususan, uy xoʻjaliklarining uy-joy bilan ta’minlanganlik darajasi (housing units per household) 2018-yildagi 94 foizdan 2023-yildagi 1,03 foizgacha oʻsgan.

 Statagentlik ma’lumotlariga koʻra, 2023-yil yakuni boʻyicha respublikada mavjud uy-joylarning soni 7 476 mingta, uy-xoʻjaliklari soni esa 7 258 mingtani tashkil etgan.